NATO va Yevropa İttifoqi Rossiyani ogohlantirdi

NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg yozma bayonotida, Rossiyani bo’lginchilarga nisbatan harbiy, siyosiy va moddiy yordam ko’rsatishni to’xtatishga, Ukraina hukumatini esa, xalqaro majburiyatlarga amal qilishga chaqirdi.

196815
NATO va Yevropa İttifoqi Rossiyani ogohlantirdi

NATO va Yevropa İttifoqi Rossiyani bo’lginchilarni qo’llab quvvatlamaslikka chaqirdi.
NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg yozma bayonotida, Rossiyani bo’lginchilarga nisbatan harbiy, siyosiy va moddiy yordam ko’rsatishni to’xtatishga, Ukraina hukumatini esa, xalqaro majburiyatlarga amal qilishga chaqirdi.
Stoltenberg bir necha oy ichida Ukraina sharqida rus askari va texnikalari sonida jiddiy ortish kuzatilganini ma’lum qildi.
Yevropa İttifoqi Tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosatidan mas’ul vakili Federica Mogherini bo’lginchilarning Mariupol shahriga sodir ilgan hujumiga doir Ukraina Prezidenti Petro Poroshenkodan ma’lumot oldi.
Mogherinining aytishicha, Rossiya bo’lginchilarga nisbatan o’z kuchini ko’rsatishi va ularga harbiy, siyosiy va moddiy yordamni to’xtatishi zarur.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar