Ukraina İchki ishlar vaziri Arsen Avakovning Rossiyaga chaqirig’i

Avakov:“Rossiya huquqqa xurmat ko’rsatgan davlat ekanini isbotlamoqchi bo’lsa, Viktor Yanukovich va İnterpolning qidiruv ro’yxatida bo’lgan oliy martabali shahslarni mamlakatga qaytarishi zarur”

184625
Ukraina İchki ishlar vaziri Arsen Avakovning Rossiyaga chaqirig’i


Ukraina İchki ishlar vaziri Arsen Avakov: “Rossiya huquqqa xurmat ko’rsatgan davlat ekanini isbotlamoqchi bo’lsa, Viktor Yanukovich va İnterpolning qidiruv ro’yxatida bo’lgan oliy martabali shahslarni mamlakatga qaytarishi zarur”-dedi.
İnterpolUkrainaning to’ntarilgan davlat rahbari Viktor Yanukovich bilan bog’liq qarorini ijobiy baholaganini bildirgan Arsen Avakov bu bosqichdan keyin Rossiya ro’yxatdan chiqarish tartibini yo’lga qo’yishi zarurligini ma’lum qildi.
Rossiyada Yanukovichni topish qiyin emasligini bildirgan Avakov, “Yanukovich Rossiyada oddiy inson kabi yashamoqda va reportajlar bermoqda”-dedi.
Rus İnterfax xabar agentligi esa, Rossiya hukumatiga yaqin manbaga tayanib bergan xabarida, Rossiya Yanukovichni mamlakatga qayta topshirishga istaksiz yondashganini ma’lum qildi.
Hozirda xalqaro miqyosda qidiruvda bo’lgan Yanukovich to’ntarilgach Rossiyaga sig’ingan edi.
Yanukovichning qidiruv ro’yxatiga kiritilishining asl sababi davlat pulini o’zlashtirganligi va moliyaviyqonunbuzarlikka yo’l qo’yganida deya mulohaza qilingan edi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar