Falastin masalasi xaosga aylanib bormoqda

Flastin masalasi xalqaro siyosiy bir xaosga aylanib bormoqda...

169784
Falastin masalasi xaosga aylanib bormoqda

Flastin masalasi xalqaro siyosiy bir xaosga aylanib bormoqda...

Falastinning BMT Doimiy Kuzatuvchisi Riyad Mansur, oralarida Xalqaro Jazo Mahkamasi ham bo'lgan kelishvular bilan qo'shilish hujatlarini BMT Bosh Kotibining huquqiy faoliyatlaridan mas'ul o'rinbosari Steohen Mathiasga taqdim etdi.

Shunday qilib, Falastinning, Xalqaro Jazo Mahkamasini vujudga keltirgan Rim shartnomasiga tobe 123. davlat bo'lganini ifoda etgan Mansur, buning 60 kundan keyin kuchga kirishini eslatdi.

Falastinning Xalqaro Jazo Mahkamasi a'zoligi, İsroil ishg'ol etgan yerlarda ishlagan jinoyatlarni mahkama tomonidan tekshirilishiga imkoniyat beradi.

Chunki markazi Niderlandiyaning Gaaga shahrida bo'lgan mahkama, genosit va insonlik jinoyatlarini tekshirmoqda.

Shuning uchun İsroil bosh vaziri Benyamin Netenyahu, mahkamadan murojaatning rad etishini talab qildi.

Washington ham darhol norozichilik ko'rsatdi.

Amerika Tashqi İshlar Vazirligidan nomi bildirilmagan yuqori darajali bir vakil, murojaatni tekshirib chiqishlarini bildirib, Amerika tomonidan Falastinga berilgan yordamlarga kutilmagan o'zgarish bo'lishini izohladi.

AQSH har yil 400 million dollar yordam berib Amerikaning Falastin bilan aloqali qonunida, İsroilga qarshi Xalqaro Jazo Mahkamasiga a'zolik jarayonini to'xtatish bu yordalarning uzilishini o'z ichiga olmoqda.

BMT Xavfsizlik Kengashi, İsroilning 2017 yiligacha ishg'ol etgan hududlardan chiqishini o'z ichiga olgan eskizni rad etgan edi.

Agar 60 kundan keyin Falastinning a'zoligi qabul qilinsa, Xalqaro Jazo Mahkamasi ishg'ol ostidagi tuproqlarda yillardan beri davom etib kelgan zulmni tekshirish haqiga ega bo'ladi.

Yani 60 kundan keyin, Yaqin Sharq masalasiga yechim topish doirasida tashlangan bir qadam yoki xalqaro yangi bir xaosning boshlanishiga govuhlik qiladi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar