Falastinlik bolalar yangi o'quv yilining boshlanishini kutmoqda

G’azoda 141 maktab İsroil hujumlarida zarar ko’rdi, bulardan 22 nafari butunlay vayron bo’ldi.

101454
Falastinlik bolalar yangi o'quv yilining boshlanishini kutmoqda

İsroil jangovar samolyotlari G’azoni takror portlatmoqda.
Kuni kecha İsroil G’azodagi 30 mo’ljalni nishonga oldi.
3 masjidni havodan portlatdi. Hujumlarda jami 9 kishi nobud bo’ldi, 13 kishi tan jarohati oldi.
7 iyuldan beri davom etgan İsroil hujumlarida 2 mingdan ziyod aholi nobud bo’ldi, 10 mingdan ziyod aholi yaralandi.
Bulardan 500 nafarini yosh bolalar tashkil qiladi.
Eng achinarlisi shuki, G’azodagi notinchlik sababli yangi o’quv yilida maktablar ochilmaydi.
G’azoda 470 ming o’quvchi İsroil hujumlari butunlay to’xtatilgan taqdirdagina maktablarga borib o’qiy boshlaydi.
BMT qoshidagi Falastinlik qochqinlarga yordam tashkiloti maktablarga sig’ingan minglab oilalar uchun boshqa xavfsiz joy topishga urinmoqda.
G’azoda 141 maktab İsroil hujumlarida zarar ko’rdi, bulardan 22 nafari butunlay vayron bo’ldi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar