Afg'onistonda Tolibonga qarshi kurash kuchaytirildi

Afg’oniston Mudofaa vazirligi bu xaqda ma’lum qilishicha, xavfsizlik kuchlari 6 viloyatda Tolibonga qarshi harbiy amaliyot o’tkazdi.

112189
Afg'onistonda Tolibonga qarshi kurash kuchaytirildi

Tolibonga qarshi yuritilgan harbiy amaliyotlarda ko’plab qurol-aslaha qo’lga kiritildi.
Afg’oniston Mudofaa vazirligi bu xaqda ma’lum qilishicha, xavfsizlik kuchlari 6 viloyatda Tolibonga qarshi harbiy amaliyot o’tkazdi.
Tolibon jangarilari tomonidan yo’l chetiga joylashtirilgan bombalarning portlashi oqibatida 10 nafar xavfsizlik xodimi halok bo’ldi.
Harbiy amaliyotlar paytida 60 jangari o’ldirildi.
37 jangari yaralangani aytilgan harbiy amaliyotlarda ko’plab qurol-aslaha va o’q-dori qo’lga kiritildi.
Afg’oniston Mudofaa vazirligi bundan oldin Tolibonga qarshi mamlakat bo’ylab 6 oy davom etadigan “Fatih” nomli harbiy amaliyotlarni yo’lga qo’ygan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar