Yevrosiyo kun tartibi - 15 (2024)

Dasturimizning bugungi sonida Turk Respublikalarining xalqaro tashkilotlarining oxirgi oylardagi faoliyatlari haqida so‘z qilamiz.

2128988
Yevrosiyo kun tartibi - 15 (2024)

Avvalgi dasturimizda Turk Davlatlari Tashkiloti va TurkPAning so‘nggi oylardagi faoliyatiga to‘xtalgan edik. Bugun esa Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti TURKSOY, Xalqaro Turk akademiyasi hamda Xalqaro Turk madaniyati va merosi jamg‘armasi faoliyatiga nazar tashlaylik.

Joriy 2024 - yilning 1 - fevrali kuni Turk Davlatlari Tashkilotining Oqsoqollar hay’ati raisi Binali Yildirim TURKSOYga tashrif buyurdi. TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev bilan Binali Yildirim o‘rtasidagi uchrashuvda Turk dunyosi kelajagi uchun rejalangan loyihalar qo‘lga olindi.

2024 - yilning 13 - fevrali kuni Ostona shahrida Xalqaro Turk akademiyasi va Lev Gumilev nomidagi Yevrosiyo Milliy universiteti hamkorligida 8 jildlik Turk gumanitar fanlar ensiklopediyasining taqdimot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Turk gumanitar fanlar ensiklopediyasi janubiy koreyalik olimlar tomonidan tayyorlandi.

2024 - yilning 14 – 15 marti kunlari Boku shahrida Xalqaro Turk akademiyasi, Turk madaniyati va merosi jamg‘armasi, Ozarbayjon va Turkiya UNESCO milliy komissiyalari hamkorligida uyushtirilgan “UNESCO nuqtai nazaridan Turk dunyosining tarihi va madaniy merosini tadqiq qilish va saqlash” degan nom ostida konferensiya uyushtirildi. Unda, xalqaro turk tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.

2024 - yilning 20 - fevrali kuni TURKSOY Bosh kotibligi binosida, tavalludining 100 - yilligi munosabati bilan Rauf Denktosh yodga olindi. Unda ishtirokchilarga, Shimoliy Kipr Turk Respublikasining asoschisi Rauf Denktoshning san’atkor, yozuvchi va shoirlik kabi turli jihatlari tanishtirildi.

2024 - yilning 21 - marti kuni Anqarada Turk dunyosi san’at universitetlari uyushmasining 3 - yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Turk dunyosi san’at universitetlari ittifoqining navbatdagi yig‘ilishining Boku shahrida o‘tkazilishi haqida qaror qabul qilindi.

2024 - yilning 21 – 22 marti kunlari Xalqaro Turk madaniyati va merosi jamg‘armasi rahbari Oqto‘ti Raimqulova amaliy tashrif bilan Fransiyada bo‘lib qaytdi. Raimqulova Parijda UNESCOning oliy darajali vakillari va elchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

***

2024 – yilning 26 – 29 marti kunlari Turkmanistonda, Anev shahrining “Turk dunyosining madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishi munosabati bilan ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Ochilishda Turk Respublikalari Madaniyat vazirlari, xalqaro turk tashkilotlari bosh kotiblari va rahbarlari ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida xalqaro turk tashkilotlari tashabbusi bilan 26 - mart kuni Turkmanistonda turizmni rivojlantirish yoʻnalishi va imkoniyatlari, 27 - mart kuni Anev qadimiy madaniyati, 28 - mart kuni Turkman diyori - qadimiy madaniyatlar markazi degan nom ostida xalqaro konferentsiyalar va Xalqaro media forumi uyushtirildi. TURKSOY muzeylar ittifoqi aʼzolari ham yigʻilish oʻtkazib, oʻzlarining dolzarb muammolarini muhokama qildilar. 2024 - yil davomida Turk Respublikalarida Mahtumquli Firoqiyni xotirlash yili tadbirlari oʻtkaziladi.

Voqealardan ham koʻrinib turganidek TURKSOY, Xalqaro Turk akademiyasi hamda Xalqaro Turk madaniyati va merosi jamgʻarmasi Turk Respublikalari ittifoqi, butunligi va xalqaro maydonda oʻrin olishi borasida ajoyib ishlarni amalga oshirmoqda. Bu yil Qozogʻistonda oʻtkaziladigan 5 - Jahon koʻchmanchi oʻyinlari turk xalqining dunyoga tanilishiga katta hissa qoʻshmoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar