Energiya kun tartibi-14

Turkiya terrorizmga qarshi kurashini to’xtovsiz davom ettirmoqda.

2123285
Energiya kun tartibi-14

 

Turkiya terrorizmga qarshi kurashini to’xtovsiz davom ettirmoqda. Prezident Rajab Tayyip Erdo’g’an chegara chizig’ida “terror yo’lagi” o’rnatilishiga hech qachon ruxsat berilmasligini doimo ta’kidlab keladi. Anqara Iroq va Suriya shimolida to’xtovsiz harbiy amaliyotlar olib bormoqda.

Mintaqada ayniqsa, Iroq shimolidan boshlanib, Suriyani o'z ichiga olgan hududni terror tashkilotlaridan tozalangan xavfsiz hududga aylantirish ustuvor maqsadlardan biridir.

Terror tashkiloti PKK, AQSh ko'magi bilan Suriya shimolidagi ko'plab hududlarni ishg'ol qilishni davom ettirmoqda.

Suriya Eron va Iroq kabi mintaqa davlatlari bilan taqqoslanadigan miqyosda bo'lmasa-da, uglevodorod resurslariga boy davlat hisoblanadi. Fuqarolar urushidan oldin oʻzini-oʻzi taʼminlaydigan va hatto eksport kuchiga ega bo’lgan Suriya rejimi, urushning halokatli taʼsiri va terrorchi tashkilotlar va nodavlat qurolli kuchlarning mamlakatdagi mintaqaviy hukmronligi tufayli deyarli barcha energiya resurslari ustidan nazoratni yoʻqotdi. Furot daryosidagi unumdor qishloq xo‘jaligi yerlari va gidroenergiya ishlab chiqaradigan to‘g‘onlar ham terror tashkilotlari qo‘liga o‘tdi.

Suriyaning xom neft zahiralari 2,5 milliard barrelga baholanmoqda. Bu ko’rsatgich mamlakatni dunyodagi eng ko'p zahiraga ega 32-davlatga kiritadi.

Fuqarolar urushidan oldin Suriya yiliga o'rtacha 9 milliard kub metr tabiiy gaz ishlab chiqarish quvvatiga ega edi.

Damashq rejimining mamlakatdagi ichki urushdan oldin ega bo'lgan energiya manbalari va ishlab chiqarish quvvatlarining katta qismi 2013-2015 yillarda terror tashkiloti DEASH qo'liga o'tdi.

Terror tashkiloti DEASH, 2013 yilning o'rtalaridan boshlab, mamlakatda ta'sir o'tkaza boshlaganidan beri energiya sohalarida oldinga siljish strategiyasini davom ettirdi.

DEASh Rakka, Xoms va Xasaka viloyatlaridagi konlarni, shuningdek, Suriyaning eng yirik neft va tabiiy gaz konlarini o‘z ichiga olgan Dayr-az-Zorni egallab oldi.

2016-yilda terror tashkiloti PKK/YPG bu hududlarning katta qismini AQSh ko’magida qo’lga kiritdi.

SETA tashkiloti tomonidan tayyorlangan "Suriyadagi tabiiy resurslarga qarshi urush" nomli hisobotga ko'ra, terror tashkiloti PKK/YPG tomonidan ishg'ol qilingan mintaqada joylashgan "Al-Umar hududi" mamlakatga tegishli bo'lgan eng yirik neft konini o’z ichiga oladi.

Qisqasi, bosib olingan Dayr-az-Zor mintaqasi neft konlariga boy va mamlakatning muhim tabiiy resurslariga ega mintaqalardan biri hisoblanadi. Birgina Dayr-az-Zor sharqidagi neft konlarining o’zi mamlakatdagi barcha energiya resurslarining 30 foizdan ortig'ini tashkil qiladi.

Hisobotga ko'ra, PKK/YPG terror tashkiloti mamlakatning barcha energiya manbalarining qariyb to'rtdan uch qismini nazorat qilayotgani ta'kidlangan. AQSh ma'muriyatining ko'magiga ega bo'lgan PKK/YPG bu konlardan taxminan 1,1 milliard dollar neft daromadi olayotgani taxmin qilinmoqda.

Terror tashkiloti PKK/YPG va rejim Hasakada neft quduqlarini birgalikda nazorat qilmoqda. Neft ishlab chiqarish davom etayotgan Rumeylan, Suveydiye va Karachok konlarida 350 ga yaqin kichik quduqlardan kuniga 30-35 ming barrel neft qazib olinmoqda.

Terror tashkiloti Suriyaning eng yirik tabiiy gaz inshooti “Konoko”ni ham egallab oldi. Bu hududda har yili taxminan 1,4 milliard kub metr tabiiy gaz ishlab chiqarilishi taxmin qilinmoqda.

Terror tashkiloti PKK/YPG ayni vaqtda AQShning harbiy yordami bilan mamlakatdagi muhim to’g’onlarni ishg’ol qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #PKK , #Turkiya

Aloqador xabarlar