Energiya kun tartibi-13

NEGA ENERGIYAGA BOY MAMLAKATLAR UCHUN TURKIYA MUHIM?

2120010
Energiya kun tartibi-13

 

Turkiya Yevroosiyo va Yaqin Sharqning deyarli barcha energiya zaxiralarining Yevropaga ochiladigan chorrahasida joylashgan.

Shu sababli kunimizda Turkiyani energiya markaziga aylantirish loyihasi boshlandi. Shu maqsad bilan Trakiyada energiya stansiyasi qurilmoqda. Shuningdek, Istanbulning Atashehir dahasidagi Moliya markazida energiya birjasini tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu loyiha asosida Turkiya tabiiy gaz va neft uchun faqat tranzit mamlakat bo'lib qolmaydi. Bu bilan energiya savdosini bevosita amalga oshiruvchi davlatga aylanadi.

Turkiyaning atrofidagi barcha davlatlar ushbu loyihada ishtirok etishni istaydi. Energiya resurslariga ega bo'lgan mamlakatlar uchun resurslarga ega bo'lishdan tashqari, xaridorlar sonini ko'paytirish ham ayni darajada muhimdir.

 

IROQ: Mamlakat neft zaxiralari bo'yicha dunyoda 9-o'rinda turadi, neft zaxirasi taxminan 150 milliard barrelni tashkil qiladi. Tabiiy gaz zaxiralari jahon zahiralarining 1,9% ga to'g'ri keladi. Iroq va Turkiya tomonidan birgalikda amalga oshirilgan “Taraqqiyot yo'li” va “Fav port” loyihalari xalqaro kon'yukturaga katta ta'sir ko'rsatadi. 2028 yilda yakunlanishi rejalashtirilgan loyiha bilan Suvaysh kanali va “Umid” burni liniyalariga yangisi qo'shiladi. Iroq uglevodorod resurslaridan tashqari Fors ko'rfazi mintaqasi energiya resurslari Turkiya orqali Yevropa va Sharqiy O'rta yer dengiziga tashilishi mumkin. “Taraqqiyot yo’li” loyihasi yakunlangandan so’ng, Iroq va Turkiya o’rtasida yangi tabiiy gaz va neft quvurlari qurilishi ham kun tartibida bo’lishi mumkin.

ERON: Tehron hukumatida taxminan 156 milliard barrel xom neft va 34 trillion kub metr tabiiy gaz zaxiralari mavjud. Hozirda Turkiya va Eron o'rtasida har yili o'rtacha 6 milliard kub metr tabiiy gaz o'tkazadigan quvur liniyasi mavjud. Biroq, Eron ma'muriyati o'z tabiiy gazini Turkiya orqali Yevropaga o'tkazishda katta xoxish bildirmoqda. Energiya markazi tashkil etilgandan so'ng, Eron Yevropaga neft sotish uchun Turkiya eshigini qoqishi aniq.

OZARBAYJON: Mamlakatda 1,5 milliard tonna neft va 2,2 trillion kub metr tabiiy gaz zaxiralari borligi bugungi texnologiya yordamida tasdiqlangan. Mavjud tabiiy gaz quvuri orqali Turkiyaga yillik 12 milliard kub metr tabiiy gaz jo'natiladi. Bu gazning 6 milliard kub metri TAP liniyasi orqali Yevropa davlatlariga yetkaziladi. Kelgusi yillarda quvur quvvatini ikki baravar oshirish rejalashtirilgan. Keyinchalik yangi liniyalarni qurish ham kun tartibiga qo'yilishi mumkin.

ROSSİYA: Taxminan 38,9 trillion kub metr zaxiraga ega Rossiya tabiiy gaz bo'yicha dunyoning eng boy davlati bo'libgina qolmay, mamlakat 107 milliard 804 million barrel neft zaxirasi bilan ham dunyoda oltinchi o'rinda turadi. Rossiya Turkiyadagi energiya markazining asosiy yetkazib beruvchisi bo'lishni xohlaydi. Urush davrida “Shimoliy oqim” liniyasining funksiyasini yo‘qotishi Rossiyaning butunlay Turkiyaga yuz tutishiga sabab bo‘ldi. Bu yo'l bilan Ukrainani butunlay chetlab o'tadigan Rossiya, Turkiya orqali Yevropaga tabiiy gaz savdosini oshirmoqchi. Rossiya o'zining energiya markazini dunyoga o'tkazish bilan birga TURKAKIM 2 ni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

TURKMANİSTON: 15 trillion kub metr bilan tabiiy gaz zahiralari eng yuqori bo'lgan 4-davlat bo'lishi taxmin qilinmoqda. Mamlakatda yiliga qariyb 100 milliard kub metr tabiiy gaz ishlab chiqariladi. Turkmaniston tabiiy gazining deyarli barchasini Xitoyga sotadi. Shu sababli, mamlakat o'z resurslarini diversifikatsiya qilishni maqsad qilgan. Yaqinda Turkiya va Turkmaniston o'rtasida tabiiy gaz bo'yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ikki davlat oʻrtasidagi loyiha bilan Turkmaniston tabiiy gazini tankerlar bilan Bokuga yetkazish va quvvati kengaytiriladigan TANAP liniyasi orqali avval Turkiyaga, keyin esa Yevropa davlatlariga yetkazilishi koʻzda tutilgan.

QATAR: Umumiy neft zaxiralari 25,2 milliard barrelga baholanmoqda. Kuniga 75,9 million tonna neft ishlab chiqaradigan mamlakatda 24,7 trillion kub metr tabiiy gaz zaxirasi ham mavjud. Yevropaga katta miqdorda tabiiy gaz eksport qilgan yagona Fors ko’rfazi davlati bo’lgan Qatar, 2020 yildan keyin Yevropa davlatlariga eksportini 65 foizdan ko’proqqa oshirdi. Iroqning "Fav port" loyihasi Qatar tomonidan ham intiqlik bilan kutilmoqda. "Fav Port" loyihasi tufayli o'lka, transport xarajatlarini kamaytirib, tabiiy gaz va neftini Turkiya orqali Yevropa davlatlariga jo'natishni maqsad qilgan.

SAUDİYA ARABİSTONİ: Saudiya Arabistoni eng ko'p neft zahiralariga ega mamlakatlar orasida ikkinchi o'rinda turadi. Saudiya Arabistoni 266 milliard barrel neft zaxirasiga ega. Mamlakat har kuni taxminan 10 million barrel xom neft ishlab chiqaradi va bu neftning 7 millionini eksport qiladi. Saudiya Arabistoni ham taxminan 9 trillion kub metr tabiiy gaz zaxirasiga ega. Saudiya Arabistoni ham Iroqdagi "Fav port" va uning Turkiya orqali Yevropaga ochilishini osonlashtiradigan "Taraqqiyot yo'li" loyihalariga yaqindan qiziqish bildirmoqda.

Sharqiy O’rta yer dengizi: Hozirda Janubiy Kipr Rum boshqaruvining bir tomonlama qadamlari tufayli katta to'qnashuvlar bo'lgan Sharqiy O'rta yer dengizida 1,7 milliard barrel neft va 3,5 trillion kub metr tabiiy gaz zaxirasi mavjudligi taxmin qilinmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #energetika , #Turkiya

Aloqador xabarlar