Yevrosiyo kun tartibi- 12

Dasturimizning bugungi sonida Turk dunyosining mushtarak bayrami, “Navroʻz” haqida soʻz qilamiz.

2117525
Yevrosiyo kun tartibi- 12

Ko‘chmanchi turk qabilalari uchun qahraton qishdan keyin kelgan bahor fasli bayramga sabab bo‘ldi. Chunki ko‘chmanchilar sog‘ – salomat bahorga yetib kelgani uchun nafaqat tabiat, balki umidlar ham takror jonlanar edi. Turk qabilalari bahorning kelishini o‘zlari yashagan geografiyaga qarab mart, may, hatto shimolda yashovchilar iyun oyi boshida nishonlar edilar. Bahor bayramining eng mashhuri 21 – mart kuni nishonlanuvchi Navro‘z bayrami edi. Nevro‘z so‘zi turk tiliga fors tilidan kirgan bo‘lib, “yangi kun” degan ma’noni anglatadi.

Kun bilan tun tenglashgan 21 - mart kuni, Yevrosiyo xalqlarining ko‘pchiligi uchun yangi yilning boshlanishi sifatida tanilgan. Turklar qadim zamonlardan beri ishlatib kelgan 12 hayvonli turk taqvimida yangi yil 21 – mart kuni boshlanadi. Bu ma’lumotlardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki,turklar 21 – mart yoki yangi yilni qadim zamonlardan beri nishonlab kelganlar.

Navro‘z bayrami O‘smonli davlatining oxirgi davrida va Sovet ittifoqi tarkibiga kirgan Turk respublikalarida rasmiy bayram sifatida nishonlanmagan. Turk Respublikalari 1991 – yili mustaqillikka erishganidan keyingina Navro‘z bayramini rasmiy bayram sifatida nishonlay boshladilar. Bu holat turklarning mushtarak bayrami bo‘lgan Navro‘zning Turkiyada ham ko‘tarinkilik bilan nishonlanishiga sabab bo‘ldi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2010 - yilning 23 - fevraldagi qarori bilan 21 - mart Xalqaro Navro‘z kuni deb e’lon qilindi. 2016 - yili Turk respublikalari, Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Iroq, Pokiston va Tojikistonning birgalikda amalga oshirgan murojaati bilan Navro‘z bayrami, UNESCOning nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritildi.

***

Navro‘z bayramida katta - katta olovlar yoqiladi va insonlar ular ustidan sakraydilar. Turklar qadim zamonlardan beri olovning tozalash xususiyatiga ega ekaniga ishonadilar. Turk xalqi Navro‘z bayrami arafasida, mutlaqo o‘z uyini, atrofini tozalaydilar.

Bayram munosabati bilan qarindosh - urug‘lar holidan xabar olinadi. Turk respublikalarida sport musobaqalari, konsertlar Navro‘zning ajralmas qismiga aylangan.

Navro‘z bayramida “Sumalak” tayyorlanadi. Sumolok 10 soatdan ortiq qaynatib pishiriladi. Katta qozonlarda tayyorlangan sumalakni aralashtirib, tilak tilash odatga aylangan. Rivoyatlarga ko‘ra, bir kuni uyda ovqati qolmagan ona bolalarini chalg‘itib uhlata olish uchun bo‘sh qozonga ko‘p suv va bir necha tosh qo‘yib, past olovda qaynata boshlaydi. Charchaganidan avval bolalari, keyin esa o‘zi uhlab qoladi. Ertalab uyg‘onganlarida, qozonda bugungi kunda sumalak degan nom bilan tanilgan mashur taomga ko‘zi tushadi. Xullas, qish uchun kuz faslida tayyorlagan oziq – ovqatlari tugay deb qolgan xalqlar uchun Navro‘z yangi hayot, umid va barakaning xabarchisidir. Navro‘z bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin azizlar!

 

 


Tanlangan kalimalar: #Sumalak , #Navro‘z , #Navro‘z bayrami

Aloqador xabarlar