Energiya kun tartibi-06

Dasturimizning bugungi sonida  energiya ishlab chiqarishda suvning ahamiyatini va Turkiyada suv salohiyatini oshirish uchun amalga oshirilayotgan loyihalarni muhokama qilamiz.

2097640
Energiya kun tartibi-06

 

Bir daryoning qirg’og’ida o’tirar ekansiz, yoningizdan oqib o’tayotgan suv uyingizni yoritishini, yoki yangi avlod elektromobillarni energiya bilan ta’minlashini bilarmidingiz?

Turkiyada o'rnatilgan jami elektr quvvatining uchdan bir qismi 32 ming 400 megavattlik gidroelektr stansiyalar (HES) tomonidan ta'minlanadi.

Mahalliy, qayta ishlab chiqariladigan va toza elektr ishlab chiqarish usuli sifatida ajralib turadigan GESlar energiya ishlab chiqarish jarayonida hech qanday chiqindi yoki uglerod emissiyasiga olib kelmaydi va Turkiyaning energiya ehtiyojlarini qondirishga katta hissa qo'shadi.

2002 yildan buyon 625 ta gidroelektr stansiya, jumladan Yusufeli to'g'oni va GES, Ilısu to'g'oni va GES, Deriner to'g'oni va GES, Ermenek to'g'oni va GES kabi dunyo miqyosida muhim loyihalar ishga tushirildi.

22 yil oldin 45 milliard kilovatt-soat bo'lgan yillik gidroelektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati taxminan 112 milliard kilovatt-soatga oshdi.

Turkiyaning jami o'rnatilgan elektr quvvatining uchdan biri 32 ming 400 megavattlik gidroelektrdir. Shunday qilib, Turkiyada har uch lampadan biri GESlarining energiyasidan foydalanadi.

Bu yerdagi maqsad resurslardan eng samarali foydalanish va kelajak avlodlarga "Turkiyani energiyada to'liq mustaqil" davlat sifatida yetkazish deb belgilandi.

Yusufeli to'g'oni va GES 275 metr balandlikda bo’lib, u Turkiyadagi eng baland to'g'on va dunyoda o'z toifasida 5-o'rinda turadi. Ushbu loyiha yiliga o'rtacha 1,9 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo'lgan Antaliya kattaligidagi shahar aholisiga to'g'ri keladigan 2,5 million kishining elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyojini qondira oladi.

​Ilısu to'g'oni va GES Turkiyaning o'rnatilgan quvvati bo'yicha Otaturk, Karakaya va Keban to'g'onlaridan keyin 4-chi, to'ldirish hajmi bo'yicha esa 2-chi yirik elektr stantsiyasidir.

Poydevordan balandligi 135 metr, to'ldirish hajmi 24 million kub metr va uzunligi 2 ming 327 metr bo'lgan Ilısu to'g'oni "ustki qismi beton bilan qoplangan qoya to'g'on" sifatida to'ldirish hajmi, korpus uzunligi va beton yuzasi bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turadi.

2020-yil 19-mayda ilk elektr energiyasini ishlab chiqargan va 2020-yil 23-dekabrda toʻliq quvvat bilan ishlay boshlagan inshoot bugungi kunga qadar 8 milliard kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan mamlakat iqtisodiyotiga taxminan 23 milliard lira hissa qoʻshmoqda.

Deriner to'g'oni va GES 249 metr balandligi bilan Turkiyaning Yusufeli suv omboridan keyin ikkinchi eng baland to'g'on bo'lib, 670 megavatt o'rnatilgan quvvati bilan yiliga o'rtacha 2 milliard 118 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi mumkin.

Gidroelektr energiyalarining global o'rnatilgan quvvat reytingida Turkiya 32 GVt bilan dunyoda 9-o'rinda, Yevropada 2-o'rinda. Xitoy 415 ming MVt bilan birinchi, Braziliya 110 ming MVt bilan ikkinchi va AQSh 102 ming MVt bilan uchinchi o'rinda turadi.

Turkiyaning bu sohaga kiritgan investitsiyalari elektr ishlab chiqarish jihatidan katta ahamiyat kasb etadi, biroq suv ombori qurilishiga faqat buning uchungina ahamiyat berilmaydi.

Aholi jon boshiga tushgan suv miqdori hisobga olinsa, Turkiya suv tangligidan aziyat chekayotgan davlat hisoblanadi. Prognozlarga ko'ra, Turkiyada bugungi kunda 1519 m3 bo'lgan aholi jon boshiga suv miqdori 2030 yilda 1100 m3 ga kamayishi kutilmoqda, bu jarayonda aholi soni 100 millionga yetishi kutilmoqda. Bu esa Turkiyani suvdan kambag'al davlatlar qatoriga qo'yadi.

Shu sababli suvdan unumli foydalanish uchun yana bir muhim loyiha amalga oshirilmoqda.

Davlat suv ishlari bopshqarmasi, foydalanish mumkin bo'lgan suv salohiyatini yaxshilash uchun to'g'on va hovuzlar kabi saqlash inshootlarini qurib bitkazishni tezlashtirmoqda. Ayni paytda inshootlarning saqlash hajmi 186 milliard kub metrni tashkil etadi. 2025-yilga borib bunga yana 8 milliard kub metr qo‘shish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, suv xo’jaligi bosh boshqarmasi ham suv bilan bog’liq muammolarga qarshi kurashda faol ro’l o’ynamoqda.

Ichimlik suvi havzalarini muhofaza qilish rejalari bilan bir qatorda, suv resurslaridan to‘g‘ri foydalanishni rejalashtirish, suvdan foydalanuvchi tarmoqlar o‘rtasida adolatli va muvozanatli suv taqsimotini ta’minlash, suvdan foydalanishdan maksimal foyda olish maqsadida tarmoqlar bo‘yicha suv taqsimoti rejalari ham tayyorlanmoqda.

​Turkiya miqyosida 246 ta yer osti suv ombori insho etilmoqda. Ushbu to'g'onlar "yer osti suvlarini to'ldirish inshootlari" deb ham ataladi.

Bugungi kunga qadar qurib bitkazilgan suv omborlari soni 150 taga yetgani bildirildi. Qurilishi bitkazilgan yer osti toʻgʻonlari 36 ming gektar maydonni sugʻorish va 21 million kub gektometr ichimlik suvi bilan taʼminladi.

Yer osti to'g'onlarida to'plangan suv yer yuzasiga tortilishi va kerak bo'lganda ishlatilishi ham mumkin. Bu esa, yer ostidan dengizga behuda chuchuk suv oqib ketishini oldini oladi. Chuchuk suv va sho'r suv aralashmaydi va, albatta, bug'lanishni oldini oladi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #energiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar