Yulduzlar porlaydi, chunki...

Chunki-05

2094634
Yulduzlar porlaydi, chunki...

 

Bugungi dasturimizda kundalik hayotdagi xatti-harakatlarni emas, balki ilmiy xulosani muhokama qilishni afzal ko’rdik. Unday bo’lsa, "yulduzlar porlaydi, chunki" degan holda dasturimizni boshlaylik!

Ma'lumki, dunyomiz Somon yo'li galaktikasi markazidagi Quyosh tufayli o'zining yorqinligini saqlab turadi. Kechalari sayyoramiz quyoshdan olgan nurni aks ettiruvchi Oy tomonidan yoritiladi. Chiroq bo'lmagan davrlarda yoki kunimizda ushbu sun'iy yorug’likdan uzoq bo’lgan joylarda tunda osmonda yorqin porlayotgan yulduzlarni ko'ramiz. Xo'sh, bu yulduzlarning, shu jumladan quyoshning ham yorqin porlashining sababi nima?

Yulduzlar porlaydi, chunki bu samoviy jismlar energiya ishlab chiqaradi. Bu energiya issiqlik va yorug'lik shaklida koinotga tarqaladi. Yadroviy sintez reaktsiyalari yulduzlarning ichki qismida, ayniqsa yadro turkumida, yuqori harorat va bosim ostida sodir bo'ladi. Bu reaktsiyalarda yengil elementlar og'irroq elementlarga aylanadi. Ushbu reaktsiya juda yorqin nurning tarqalishiga olib keladi. Shu darajaga yetadiki, quyoshdan yetti ming marta kuchsizroq bo‘lsa-da, dunyoga eng yaqin yulduz Alfa Sentavr chiqaradigan yorug‘lik sayyoramizdan ko‘rinadi.

Boshqa yulduzlar yer yuzidan qaralganda quyosh nuri bo’lmagan vaqtlarda ya’ni kechalari osmonda koʻrinib turadi. Buning asosiy sababi Eynshteyn tomonidan tuzilgan massa va energiya o'rtasidagi tenglamadir. Katta issiqlik va yorug'lik energiyasi yulduzlar yadrosida sodir bo'ladigan elementlarning o'zaro ta'siridan kelib chiqadi, bu samoviy jismni muvozanatda saqlash uchun doimo energiya ishlab chiqaradi. Yulduz ichidagi energiya yorug'lik shaklida tashqi qatlamlarga tarqaladi.

Yulduzlar yadroviy sintez reaktsiyalarining uzluksizligi tufayli millionlab yillar davomida energiya ishlab chiqarishi mumkin. Biz dunyoga eng yaqin yulduz quyoshdan kelayotgan yorug'lik nurlarini ko'ramiz. Kechalari osmonda porlayotgan uzoq yulduzlar esa, allaqachon so’ngan bo’ladi. Biz yorug'lik nurlari sifatida qaraydigan narsa, yorug'lik bosib o'tgan trillionlab kilometrlarning faqat boshlang'ich nuqtasidir. Chunki, yorug'lik koinotda soatiga taxminan bir milliard kilometr masofani bosib o'tadi. Yorug' bir kechada ko'rishimiz mumkin bo'lgan yulduzlar nurlarini millionlab, hatto milliardlab yillar oldin yaratib, koinotga taratgan.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #koinot , #yulduz

Aloqador xabarlar