2023 - yili Yevroosiyo qit’asida muhim o‘zgarishlar ro‘y berdi

Yevroosiyo kun tartibi - 1 (2024)

2084227
2023 - yili Yevroosiyo qit’asida muhim o‘zgarishlar ro‘y berdi

2023 - yili Yevroosiyo qit’asida muhim o‘zgarishlar ro‘y berdi.

Yevroosiyo qat’asining 2023 - yildagi eng muhim kun tartibi Ukraina - Rossiya urushi edi. Urush ikki yildan beri davom etmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainada tinch aholi qurbonlari soni 10 ming nafarga yaqinlashdi. Rossiya va Ukraina armiyasidagi qurbonlarning aniq soni noma’lum bo‘lsa - da, uning 1 millionga yaqin ekani taxmin qilinmoqda. Rossiya dastlab rad etgan, keyinchalik esa Ukrainada faol ravishda foydalangan «Wagner» xususiy harbiy kompaniyasi Kreml yetakchiligiga qarshi chiqdi va oxir - oqibat Rossiya yetakchiligi bu norasmiy tuzilmani yoʻq qilishga majbur boʻldi. Falastin muammosi tufayli dunyo kun tartibidan chetlagandek ko‘rinishiga qaramay Rossiya - Ukraina urushi 2024 - yili ham Yevroosiyo qait’asining asosiy kun tartibi moddalaridan biri sifatida davom etmoqda. Bu yil Rossiyada 15—17 mart kunlari, Ukrainada esa 31 – mart kuni boʻlib oʻtadigan (ehtimol keyinga surilishi mumkin) prezidentlik saylovlarining natijalari, urushning tugashiga taʼsir qilib – qilmasligi esa hozircha nomaʼlum.

Ozarbayjon 2023 - yilning 19 - sentabri kuni Qorabog‘da harbiy amaliyot uyushtirish orqali mintaqani to‘liq nazoratga oldi. Qorabog‘ning noqonuniy boshqaruvi a’zolari sudlanmoqda. Aftidan, 2024 - yil Janubiy Kavkazda tinchlik yili bo‘ladigandek. Chunki Yerevan yetakchiligi Ozarbayjon bilan tinchlik bitimi tuzish, Turkiya bilan ikki tomonlama munosabatlarni normallashtirish va Rossiya nazoratidagi siyosatdan voz kechish uchun shunga ko‘ra qadam tashlay boshladi.

Chegaradagi muammolari yuzasidan bugungacha bir - biri bilan til topisha olmagan Qirg‘iziston bilan Tojikiston 2023 - yili chegaralarni belgilab olish masalasida muvaffaqiyatga erishganini bildirdilar. Yevroosiyo davlatlari afg‘on xalqini qo‘llab - quvvatlashni davom etdilar. Xitoy Xalq Respublikasi Tolibon hukmronligini rasmiy ravishda tan olgan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi.

***

2023 - yili Yevroosiyo qit’asida joylashgan davlatlarda oʻtkazilishi rejalashtirilgan mintaqaviy va xalqaro yig‘ilishlar oʻz vaqtida oʻtkazildi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo assambleyasi, Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqi, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti, Kollektiv Xavfsizlik shartnomasi tashkiloti parlament assambleyasi, Kaspiy dengizi sohilidagi mamlakatlarning prezidentlari sammiti, Shangxay Hamkorlik tashkiloti, Turkiy Davlatlar tashkiloti va TurkPA sammitlari boʻlib oʻtdi.

Dunyoning yetakchi davlatlarining Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz davlatlariga boʻlgan qiziqishi ortdi. Markaziy Osiyo+1 sammitlari AQSh, Yevropa ittifoqi, Germaniya, Rossiya va Xitoy kabi davlatlar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. C5+1 formatidagi tashqi ishlar vazirlari ishtirokidagi yigʻilishlar esa oʻndan ortiq davlat bilan anʼanaviy tarzda oʻtkazila boshlandi. Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz davlatlari Rossiya va Gʻarb oʻrtasida muvozanatli tashqi siyosat yuritishga alohida e’tibor berdilar.

Yevroosiyo davlatlarining Yaqin Sharq mamlakatlari bilan boʻlgan aloqalari 2023 - yili o‘zaro oliy darajadagi tashriflar bilan mustahkam tus oldi. Arab davlatlarining Yevroosiyo mamlakatlariga nisbatan yoʻlga qoʻygan investitsiyalari ortdi.

Voqealardan koʻrinib turganidek, Yevroosiyo davlatlari 2023 - yili faol tashqi siyosat olib bordilar. Rossiya - Ukraina urushi bilan Janubiy Kavkazda tinchlik oʻrnatish sa’y - harakatlari oʻtgan yilning eng muhim voqealaridan biri boʻldi.

 



Aloqador xabarlar