Ozarbayjon - O‘zbekiston munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarildi.
Yevrosiyo kun tartibi - 53
Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Jo‘mart To‘qayev 2023 - yilning 20 – 22 - avgusti kuni birinchi bor Vetnam Sotsialistik Respublikasiga rasmiy tashrif uyushtirdi. Qozog‘iston Prezidenti Xanoyda Vetnam Prezidenti Vo Van Txuong, Vetnam Bosh vaziri Pham Minh Chinh, Milliy majlis raisi Vuong Dinh Hue va Kommunistik partiya raisi Nguyen Phu Trong bilan alohida - alohida uchrashdi. Uchrashuvlar natijasida ikki davlat oʻrtasida 12 ta shartnoma imzolandi. Tashrif doirasida Prezident To‘qayev, Vetnamning yetakchi ishbilarmonlari bilan ham alohida - alohida uchrashuvlar o‘tkazib, ularning ishlab chiqarish korxonalari bilan tanishdi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023 - yil 22 – 23 - avgust kunlari davlat tashrifi bilan Ozarbayjonda bo‘ldi. Bokuda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Shavkat Mirziyoyevni rasmiy marosim bilan kutib oldi. Muzokaralar yakunida Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida 15 ta shartnoma imzolandi. Ozarbayjon va Oʻzbekiston Oliy davlatlararo kengashi tuzildi. Prezident Mirziyoyev tashrifi doirasida Fuzuliy va Shusha shaharlariga ham uchradi. Prezidentlar, Fuzuli shahrida O‘zbekiston tomonidan qurilgan “Mirzo Ulug‘bek” nomidagi maktabining ochilish marosimida ishtirok etdi. Eslatib o‘tamiz, joriy yilda Xiva va Shusha o‘rtasida qardosh shahar protokoli imzolangan edi.
2023 - yilning 22 – 24 - avgusti kunlari Falastin Tashqi ishlar vaziri Riyod al - Malikiy rasmiy tashrif bilan O‘zbekiston va Turkmanistonda bo‘ldi. Falastin Tashqi ishlar vaziri Riyod al-Malikiy o‘zbek va turkman hamkasblari bilan uchrashdi. Tegishli tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlar imzolandi. Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va majlis raisi Dunyaguzel Gulmanova Falastin tashqi ishlar vazirini qabul qildi.
Janubiy Afrikada 2023 - yil 24 - avgustda BRICS sammiti bo‘lib o‘tdi. Qozog‘iston Prezidenti Qasim Jo‘mart To‘qayev unda, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti raisi sifatida onlayn tarzda ishtirok etdi. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin esa, Xalqaro jinoiy sudning hibsga olish qarori tufayli sammitda onlayn ishtirok etishga majbur bo‘ldi.
2023 - yilning 24 - avgusti kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Yevropa ittifoqi parlamentining Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi David McAllister boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Unda, Qirg‘izistonning Yevropa ittifoqi bilan aloqalariga oid masalalar qo‘lga olindi.
2023 - yilning 25 - 26-avgust kunlari Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ldi. Qozog‘iston Prezidenti Qasim Jo‘mart To‘qayev bilan Imomali Rahmon o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi. Tashrif doirasida 23 - 26 avgust kunlari Ostona shahrida, Tojikiston madaniyati kunlari tadbirlari uyushtirildi.
2023 - yil 20 - avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezidentlik apparati tarkibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Yangi nizomga ko‘ra, Prezident Bosh kotibi o‘rniga ikkita vitse - prezident lavozimi tashkil etildi. Prezidentning 26 - avgustdagi qarori bilan Saida Mirziyoyeva vitse - prezident etib tayinlandi.
Voqealardan ko‘rinib turibdiki, Turk respublikalari prezidentlari o‘tgan hafta muhim tashriflarni amalga oshirdi; Ozarbayjon - O‘zbekiston munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarildi.