Yevrosiyo kun tartibi-51

Dasturimizning bugungi sonida Turk Respublikalari kun tartibidagi muhim voqealar haqida so‘z qilamiz.

2025783
Yevrosiyo kun tartibi-51

O‘tgan hafta Turk Respublikalarida muhim voqealar yuz berdi. Shunday ekan keling, navbat bilan shularni ko‘rib chiqaylik.

2023-yilning 8-avgusti kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, “Cengiz Holding” kompaniyasi boshqaruvi raisi Mehmet Jengiz boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasini qabul qildi. Toshkentda boʻlib oʻtgan ushbu qabulda kompaniyaning Oʻzbekistonga kiritgan sarmoyalari muhokama qilindi. Eslatib oʻtamiz, Turkiyaning yetakchi ko‘p tarmoqli “Cengiz Holding” kompaniyasi ishitirokida Oʻzbekistonning Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida umumiy quvvati 460 megavattli zamonaviy elektr stansiyalar ishga tushirildi va energetikadan tashqari togʻ-kon sanoati, transport va qurilish sohalarida ham faoliyatlar olib borilmoqda.

2023-yilning 8-avgusti kuni Boku shahrida Ozarbayjonning Xalqaro munosabatlar tahlili markazi va O‘zbekistonning Markaziy Osiyo xalqaro instituti tomonidan “Ozarbayjon-O‘zbekiston: hamkorlikning yangi ufqlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda, Ozarbayjon - O‘zbekiston ikki tomonlama munosabatlarining bugungi holati va istiqboli muhokama qilindi. Suhbat yakunida mazkur muassasalar o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. O‘zbekiston Prezidenti etib qayta saylangan Shavkat Mirziyoyev avgust oyida ilk xorijiy tashrifini Ozarbayjonga amalga oshirishi rejalashtirilgan.

2023-yilning 8-avgusti kuni Ozarbayjon Milliy Mudofaa vaziri o‘rinbosari Kerim Veliyev Boku shahrida Turkiya Respublikasi Milliy Mudofaa vazirligi Bosh shtab Razvedka boshqarmasi boshlig‘i Ismoil Gunaydin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Qabulda ikki davlat o‘rtasida razvedka ma’lumotlarini almashish kabi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

2023-yilning 9-avgusti kuni Rossiyaning TASS rasmiy axborot agentligi Rossiya Federatsiyasining Shimoliy Kipr Turk Respublikasida konsullik xizmatlarini ko‘rsata boshlashi haqida ma’lumot bo‘lishdi. Xabarda, konsullik xizmati ochilishiga Shimoliy Kipr Turk Respublikasida ruslar sonining ortishi sabab bo‘lgani qayd etildi. Rossiyaning Kipr Respublikasidagi, boshqacha qilib aytganda Janubiy Kipr elchisi Murat Zyazikov, mavzu bilan bog‘liq bayonot berdi va “Uzoq vaqtdan beri kechikkan bu qarorning hech qanday siyosiy ahamiyati yo‘q. Bu faqat Kiprning shimolida yashagan rossiyalik yurtdoshlarimizga xizmat ko‘rsatish uchun insonparvarlik g‘amxo‘rliklari asosida belgilangan holatdir”. - dedi.

2023-yilning 11-avgusti kuni Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Jo‘mart Toqayev Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining davriy rahbari, Shimoliy Makedoniya Tashqi Ishlar vaziri Bujar O‘smoniyni qabul qildi. Qabul chog‘ida Qozog‘istonning Shimoliy Makedoniya va Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bilan hamkorligi muhokama qilindi. Qozog‘iston Prezidenti Toqayev, Shimoliy Makedoniya bilan munosabatlari a’lo darajada ekanini ma’lum qilib, Skopyeda elchixona ochish haqida qaror qilganliklarini bayon etdi. 2023-yilning 10-avgusti kuni Bujar O‘smoniy, Ozarbayjon Tashqi Ishlar vaziri Jayhun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Qozog‘istonning Aqtau shahridagi “Oymasha” poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston Qurolli Kuchlari maxsus bo‘linmalari hamkorligidagi maxsus-taktik o‘quvlari bo‘lib o‘tdi. Uni, ikki davlat mudofaa vazirlari Ruslan Jaqsibekov bilan Baxodir Qurbonov birgalikda kuzatdilar. Turk Respublikalari o‘rtasida qo‘shma va ikki tomonlama harbiy mashg‘ulotlar tashkil etish an’anaga aylangan.

O‘tgan hafta Turk Respublikalarida qayd etilgan oxirgi voqealardan ham ko‘rinib turganidek, Turk Respublikalari orasida hamkorlikni mustahkamlagan muhim voqealar yuz berdi.

 



Aloqador xabarlar