O'zbekistondan xabarlar 11- qism
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlamenti delegasiyasi Cho‘lpon-Ota shahrida (Qirg‘izistonda) bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli mamlakatlar Parlament assambleyasining (TurkPA) XI yalpi majlisida ishtirok etdi.
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlamenti delegasiyasi Cho‘lpon-Ota shahrida (Qirg‘izistonda) bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli mamlakatlar Parlament assambleyasining (TurkPA) XI yalpi majlisida ishtirok etdi.
Shu yil 24 iyun' kuni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning TurkPA majlisida ishtirok etayotgan parlament delegasiyalari rahbarlari bilan qisqacha uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Qirg‘iziston rahbari Bishkek turkiy davlatlar bilan aloqalarni chuqurlashtirishga katta ahamiyat berayotganini va TurkPAga asos solgan davlatlardan biri sifatida ushbu parlamentlararo birlashma mamlakatlar o‘rtasidagi hamjihatlik va birdamlik namunasi sifatida shakllanishidan manfaatdor ekanini ta'kidladi.
Xususan, Prezident S.Japarov O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali aloqalar jadal rivojlanib borayotganini, Prezident Sh.M.Mirziyoevning sa'y-harakatlari va siyosiy irodasi tufayli o‘zaro aloqalar strategik hamkorlik xususiyatiga ega bo‘lganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Davlat rahbari bilan uchrashuvda Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshi Torag‘asi Talant Mamitov, Ozarbayjon Respublikasi Miliy Majlisi Raisi Sagiba Gafarova, Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi Raisi Mustafo Shentop, Vengriya parlamenti raisi o‘rinbosari Shandor Lejak va Turkmaniston Milliy Gengeshi Xalk maslahati raisi o‘rinbosari Qosimguli Babaev ham ishtirok etdi.
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshi Raisi taklifiga binoan Qirg‘iziston Respublikasining Cho‘lpon-Ota shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli mamlakatlar Parlamentlar assambleyasining (TurkPA) XI yalpi majlisida ishtirok etdi.
Shuningdek, majlisda Assambleyaga a'zo davlatlar – Ozarbayjon, Turkiya, Qirg‘iziston va Qozog‘iston parlamentlari rahbarlari, Vengriya (kuzatuvchi maqomiga ega) va Turkmaniston (faxriy mehmon sifatida) spiker o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
“Parlament diplomatiyasi – ishonch va hamkorlik asosi” yalpi majlis mavzusi bo‘ldi.
Oliy Majlis Senati Raisi o‘z nutqida ishtirokchilar e'tiborini dolzarb masalalarni hal etishda parlament diplomatiyasi mexanizmlaridan foydalangan holda turkiy tilli mamlakatlar parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikning hali ishga solinmagan ulkan imkoniyatlaridan samarali foydalanishga qaratdi.
Majlisda “Ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida”gi model qonun loyihasi qabul qilindi, Assambleya bosh kotibining o‘rinbosarlari va kotibiyat komissiyalari rahbarlari tasdiqlandi, kuzatuvchi missiyalarning 2021 yil oktyabr' oyida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, 2021 yil noyabr' oyida Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan parlament saylovi, shuningdek, 2022 yil iyun' oyida Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan referendum bo‘yicha hisobotlari eshitildi.
Tadbir yakunida Cho‘lpon-Ota deklaratsiyasi va TurkPA nomini Turkiy mamlakatlar Parlament assambleyasi deb o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, 24 iyun' kuni O‘zbekiston delegasiyasining Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasi (TurkPA) XI yalpi yalpi majlisidagi ishtiroki doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi Bag‘dod Amreev bilan uchrashdi.
Unda Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni turli sohalarda, shu jumladan TurkPA doirasida yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
-O‘zbekiston 2019 yilda Tashkilotga qo‘shilganidan buyon TDT faoliyatida faol ishtirok etayotganini ta'kidlab, B.Amreev mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishi, ishbilarmonlik va tadbirkorlik muhitini yaxshilash sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarni, respublikamiz tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarni yuqori baholadi.
Uchrashuvda tomonlar TDTga a'zo davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investisiya aloqalarini mustahkamlashda TDT rolini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning tashabbuslarini amalga oshirish jarayonini, xususan, Turkiy taraqqiyot bankini tashkil etish masalasini ham muhokama qildi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra joriy yilning kuzida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan TDT sammiti doirasida rasman ta'sis etilishi rejalashtirilayotgan Turkiy investisiya fondini ishga tushirishga tayyorgarlik jarayonini tezroq yakunlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Aloqador xabarlar
Yevrosiyo kun tartibi-49
Dasturimizning bugungi sonida Turkiy Respublikalar kun tartibidagi muhim voqealarga to‘xtalamiz.