Bularni bilasizmi 81-qism

Diyarbakir qal’alari taxminan 7 ming yillik tarixiy o’tmishga ega ekanligini bilarmidingiz?

1673745
Bularni bilasizmi 81-qism

 

Turkiyaning janubi sharqiy Anadolu mintaqasida joylashgan Diyarbakir viloyati tarixiy va zamonaviy ko’rinishi hamda moziydan darak beruvchi qal’alari bilan mashhurdir.

Meloddan avvalgi 3000 yoki 4000-yillarda qurilgani taxmin qilingan dunyoning eng qadimiy Diyarbakir qal’alari kunimizgacha yetib kelgan eng chidamli tarixiy obidalar qatoriga kiradi. Diyarbakir qal’alari taxminan 5200 metr uzunlikka ega. Shaharni dushmanlardan mudofaa qilish maqsadida insho etilgan qal’a devorlari haybatli ko’rinishi bilan insonlarni o’ziga rom etadi. Qal’a devorlarining balandligi taxminan 8-22 metr atrofida o’zgarib turadi. Qal’a devorlarida aks etgan motivlar ta’sirli ko’rinishga ega.

Diyarbakir qal’alarining 4 ta asosiy darvozasi mavjud. Tarixiy manbalarga ko’ra, ushbu 4 darvoza Mezopotomiyaning eng muhim savdo guzargohlaridan biri sifatida qabul qilingan. Shuningdek, shaharda nazoratni ta’minlash va kirish-chiqishlarni tekshirish maqsadida insho etilgan. 19-asrgacha qal’a darvozalari quyosh chiqishi bilan ochilardi, kun botishi bilan yopilardi. Undan keyin shaharga kirish va chiqishlar to’xtatilardi.

Tarixning eng muhim davrlaridan kunimizgacha yetib kelgan Diyarbakir qal’alari 2015 yilda Jahon merosi ro’yxatiga kiritilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Diyarbakir

Aloqador xabarlar