Bularni bilasizmi 80-qism

Kunimizda turklarga xos bo’lgan doner kabobning o’tmishi 18-asrga borib taqalishini bilarmidingiz?

1669718
Bularni bilasizmi 80-qism

 

Anadoluda do’ner kabob haqidagi dastlabki ma’lumotlar 1750 yillarga oid. Usmoniy davrida yozilgan sayohatnomalarda do’ner kabobi 18-asrda paydo bo’lganligi va O’rta Osiyoga xos kabob turi ekanligi yozilgan. Sixda qo’zi pishirishdan ilhom olingan holda tayyorlanib, kunimizdagi ko’rinishiga aylangan do’ner ba’zi manbalarda urushdagi askarlarning xom go’shtni qilichga o’tkazib, olovda pishirgani va pishgan tomonini kesib iste’mol qilganligi qayd etiladi.

Yana bir manbada esa, 1850 yilda Bursa shahrida Iskandar afandi tomonidan turk oshxonasiga kiritilganligi iddao qilinadi va Bursa shahri do’ner kabobining ona vatani deb qabul qilinadi. Iskandar afandi bolaligida bobosining oshxonasida butun qo'zichoqni gorizontal emas, vertikal holda qovurish usuli sinab ko’riladi. Bu shaklda go’shtni pishirish muvaffaqiyatli bo’ladi va bu ko’p o’tmay do’ner deb atala boshlaydi.

20-asr oxirlarida do’ner kabobi sandvich shaklida sotila boshlangan. Do’ner kabobi bugungi kunda dunyoning ko’plab mamlakatlarida sevib iste’mol qilinadi.

 


Tanlangan kalimalar: #do'ner kabob , #Turkiya

Aloqador xabarlar