Turk oshxonasi 31-qism

"Sorbe" yani "sorbet", mevali muzqaymoqqa o’xshagan, ayniqsa yozning jaziramali kunlarida jonimizga oro berib, salqinlik baxsh etadigan shirinlik turlaridan biridir.

1247984
Turk oshxonasi 31-qism

Muzlatilgan shirinliklardan “sorbe” yani “sorbet” haqida bilarmidingiz? Mevali muzqaymoqqa o’xshagan, ayniqsa yozning jaziramali kunlarida jonimizga oro berib, salqinlik baxsh etadigan shirinlik turlaridan biri… Ingliz va fransuz tillarida “sorbet”, italyan tilida “sorbetto” deyilgan bu shirinlikning turk tilidagi “şerbet”, o’zbek tilidagi “sharbat” degan so’zdan kelib chiqqanligi haqida hech eshitganmidingiz? “Sharbat”, tarixi qadimga borib taqalgan va turk oshxonasiga oid bir ichimlik turidir. O'simlik, gul va mevadan tayyorlangan, ba’zi ziravorlar bilan lazzatiga lazzat qo’shilgan, kamiga shakar yoki asal ilova etilgan bu ichimlik XVI asrning o’rtalaridan e’tiboran Usmoniy davrida oltin chog’ini boshdan kechirdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Ko’p o’tmay yani XVII asrdan e’tiboran limonli, gulli va binafshali tayyor sharbat aralashmalari Britaniyaga eksport qilina boshlaydi. Ortidan italyanlar huddi ana shu asrning o’zida sharbat aralashmalaridan mevali muzqaymoq tayyorlay boshlar ekan buning natijasida italyanlarning mashhur “sorbetto”si paydo bo’ldi. Bugungi kunda haligacha Britaniya va Italiyada mevali muzqaymoqni “sorbet” deb ataydilar va usbu so’z turk tilidagi “şerbet”, o’zbek tilidagi “sharbat” so’zining o’zgargan shaklidir.

Shunday ekan keling, dasturimizning bugungi sonida “sharbat”ning qanday tayyorlanishi haqida so’z qilaylik. Unday bo’lsa marhamat, o’z vaqtida Yevropada katta qiziqish uyg’otgan “gul sharbati”ni uy sharoitida tayyorlanish usuli bilan tanishing.

Gul sharbatini tayyorlash uchun kerakli masalliqlar quyidagicha:

1- 50 gram xushbo'y atirgul barglari

2-  1 stakan suvning to’rttan bir bo’lagiga teng kelgulik limon suvi

3- 1 stakan shakar

4- 1 stakan oddiy suv

Tayyorlash jarayoni:

Buning uchun eng avvalo atirgul barglarining tubidagi oq bo’lakchalarni qaychi bilan qirqib, barglarini shisha yoki chinni idishga soling. Ustiga limon suvini ilova eting. Uni yaxshilab aralashtirgach, yarim soat kuting. Suv va shakarni kastryulda qaynatib, bir marotaba qaynaganidan keyin tagidagi olovni o’chirishingiz mumkin. Shakarli suv iligach uni gul solingan idishga quying. Aralashma 10 soat muzlatkichda kutishi darkor. Ortidan uni maza qilib iste’mol qilishingiz mumkin.

Turk oshxonasi dasturimizda bugun sizlar bilan Usmoniy davridan bizga meros bo'lib qolgan ajoyib ichimliklardan biri, “gulli sharbat” haqida so’z qildik. Kelgusi dasturimizda uchrashguncha hayir, omon bo’ling.

 


Tanlangan kalimalar: #sharbat , #şerbet , #sorbet , #sorbe

Aloqador xabarlar