Bularni bilasizmi-10

Ara Gulerning, dunyoning eng nufuzli yetti fotosuratchisidan biri ekanligini bilarmidingiz?

1156974
Bularni bilasizmi-10

Ara Gulerning, dunyoning eng nufuzli yetti fotosuratchisidan biri ekanligini bilarmidingiz?

O’tgan 2018-yilning 17-oktabri kuni vafot etgan fotosuratchi Ara Guler, Turkiyaning xujjatli fotograf ustalari orasida xalqaro miqyosda tanilgan eng muhim vakili edi.

Ara Guler 1956-yili Time-Life, 1958-yili Paris-Match va Der Stern jurnalining Yaqin Sharq mintaqasi fotojurnalisti bo’lib ishladi. Angliyada 1961-yili chop etilgan "Photography Annual” antologiyasi uni dunyoning eng nufuzli 7 fotosuratchilaridan biriga aylantirdi.  Huddi ana shu yili Amerikaning Jurnal fotosuratchilari jamiyatiga qabul qilingan yagona turk a’zosi Guler, 1962-yili Germaniyada kamdan-kam fotosuratchiga taqdim etilgan “Master of Leica” unvoniga ega bo’ldi. Arxivida o’rin olgan 2 milliondan ortiq fotosurat bilan Turkiyada va chet elda uyushtirilgan yuzlab ko’rgazmada ishtirok etdi. Natijada sanoqsiz mukofatlarga loyiq deb topildi. Fransiyaning eng nufuzli mukofatlaridan biri hisoblangan Legion D’Honourni ham olgan Ara Guler, Prezidentning Madaniyat va san’at mukofati ham sohibi edi.  



Aloqador xabarlar