Turkiya nazaridan yaqin sharq 41-qism

Iroq Turkiyani o'zi bilan aloqali izlagan siyosatiga norozichilik ko'rsatdi.

587412
Turkiya nazaridan yaqin sharq 41-qism

Turkiya Oliy Millat Majlisi Umumiy Kengashida Iroq va Suriyaga chegarani o’tgan harbiy operatsiya olib borish mazvusida hukumatga berilgan salohiyatni 2017 yil 30 -Oktyabr kunigacha uzatgan bosh vazirlik qaror taklifi 1-Oktyabr kuni tasdiqlandi. Evfrat qolqoni operatsiyasi bilan bir qatorda Deashni Musuldan chiqarish uuchun boshlanishi kutilgan operatsiyalar jihatidan bu qaror muhim edi. Qonun loyihasi bilan bir qatorda, Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’anning yaqlashgan Musul harbiy operatsiyasi bilan aloqali bayonotlari ham kun tartibida edi. Prezident Erdo’g’an qonun loyihasini ovozga qo’yishdan avval so’zlagan nutqida va 4-Oktyabr kuni bir Dubai TV kanaliga berga intervyusida quyidagi xususlarga diqqat qaratdi:

-Turkiya, Iroq va Suriya bilan uzun masofali chegaraga ega. Mana shuning uchun bu o’lkalardagi xavfsizlik masalalariga parvosiz qarab tura olmaydı.

-Tashqaridan boshqa davlatlar hududga aralashar ekan Turkiya bunga tomoshabin bo’lmaydi.

-Musul u yerda yashagan mahalliy xalqiningdir; Musul Deashdan tozalangandan keyin ham bu yerda faqat suniy mazhabiga mansub Arablar, Turkmanlar  va Kurtlar qolishi kerak.

-Suriyaning shimolida havo safarlari taqiqlangan, xavfsiz bir hudud vujudga keltirish va 5 ming kilometlik maydonni terrordan tozalash kerak.

Turkiyaning Iroq bilan aloqali uslubiga Iroq qattiq norozichilik ko’rsatdi. Iroq Majlisining qaroriga ko’ra, Turkiyaning Musulga bog’li Bashikada harbiy xizmatchilari borligini qabul qilinmas va Iroq tuproqlaridan chiqarilishi uchun zaruri chora-tadbirlar olinadi. Shuningdek qarorda quyidagi xususlar joy olmoqda:

-Turkiyadan yordam so’raganlar haqida tergov boshlatlatish.

-Prezident Erdo’g’anning bayonotlarini tanqid qilish.

-Turkiya bila tijoriy va iqtisodiy aloqalarni ko’zdan kechirish.

-Turk askarlarini o’lkadan chiqarish uchun hukumatning Birlashgan  Millatlar Xavfsizlik Kengashi va BMTga zudlik bilan murojaat etish.

Iroq majlisining qaroridan keyin bosh vazir Haydar El Ibadi va Shia militsiya kuchi Hashdi Shabining (Xalq Safarbarlik Kuchi) xavfsizlik voizi Yusuf El Kilabi ham mulohaza bildirdi. El Ibadi, Turkiyaning Ironing ichki ishlariga aralashish bilan aybladi va mintaqaviy urush bilan tahdit etdi. El Kilabi ham Turk askariga qarshi jang qilish qudqatiga ega bo’lganliklarini ma’lum qildi. Qolaversa Hashdi Shabi Erdo’g’anning Musulda kimlarning yashashi kerakligi borasidagi so’zlarini ayrimchilik sifatida baholadi.

Iroqdan berilgan bayonotni daslab Aqsh bo’lib boshqa davlatlar ham dastkaladi. Lekin bunlar Turkiyaning Iroq bilan izlagan siyosati va Prezident Erdo’g’anning bayonotlarini chuqur muhokama qilmoqda. Amerikali vakillar unutgan narsa; Iroqda Deashning maydonga chiqishiga olib kelgan aslida Amerikaning oraga kirishi va janjal muhiditidir. Shuningdek 1991 yil Birinchi Ko’rfaz Jangidadan beri hududdidagi bo’shliq terroristlarning tashkilotlanishiga Shimoliy Iroqdan baza kabi foydalanishiga imkoniyat yaratdi. Suriyadagi hodisalar va Deashning maydonga chqishi Turkiyaning xavfsizlik masalasini yana ham onga chiqardi. O’z xavfsizligi va manfaatini o’ylagan har davlat misoli Turkiyaning bunga qarab turishini kutmaslik kerak. Turkiyaning Shimoliy Iroqdagi borligi tuproq yaxlitligi va mustaqilligini tahdit etgan xususiyatda emas. Turk askarlarining yagona maqsadi Deash qo’liga o’tan tuproqlarni qayta olish uchun mahalliy kuchga ta’lim berish. Turkiya terror tashkilotlari yaratgan siyosiy muvozanatsizlikni bartaraf qilish va Musul xalqini qo’riqlashni mo’ljallamoqda.

Shia Hashdi Shabi militsiyachilari orasida joy olgan ayrimlarining qilmishlariga ko’z yumib bo’lmaydi. Lekin Bo’g’dot hukumati bu mavzularni davomli rad etgan va salbiy o’zgarishlarni fardiy xatolar sifatida baholagan. Hashdi Shabining tez-tez Daishdan qurqatilgan joylarda tinch aholiga hujum qilish bilan kun tartibiga kelmoqda.  Anbar viloyat rahbarning so’zlariga ko’ra Felujjeni Deashdan qutqarish chog’ida o’nlab tinch aholi bu militsiyachilar tomonidan o’ldirilgan.  Yuzlab inson esa bedarak yuqolgan. Inson Haqlari Komissiyasining 9 Iyun kuni bildirgan hisoboti ham Hashdi Shabining so’ramasdan o’ldirish, iskanja, yuqolgan insonlar va parchalangan jasadlardan mas’ul bo’lganini bildirmoqda. Daishdan qutqarilgan shaharlarda halq o’laroq militsiyachilar bilan morajo istamaydi. Mana shu uchun Anbar viloyati vakillari Bog’dotda Felluje xalqini Hashdi Shabi militsiyachilar bilan aloqasi bo’lmasligini istagan edi. Bu vaziyat shaharlar aholi tuzilishini o’zgartgani kabi qayg’ular tug’dirmoqda. Xullas kalom, Iroqning Turkiya bilan aloqali norozichiligini zimni bo’lganini aytish mumkin. O’zi ham terrorga qarshi kurashgan Turkiyaning Iroqga terror qarshi dastaklaganidan shak-shubxa yo’q va uslubi ochiqcha maydonda. Turkiya Iroqning tuproq yaxlitligini va barqaroligini muhofaza etish tarafdori. Biroq o’lkadagi boshqa unsurlar ham buni teng ravishda qabul qilmagan taqdirda bo’lishi amru mahol.

 



Aloqador xabarlar