Turkiya va xlqaro jarayon 135-qism

Turkiya va xlqaro jarayon 135-qism

309728
Turkiya va xlqaro jarayon 135-qism

20 İyulda 32 kishi hayotdan ko’z yumgan Suruch terror hujumi oqibatida tarixiy sifatda yangiliklar yuz bermoqda. Birinchi o’rinda ayni zamonda PKK terror hujumlari uyushtirildi. 

PKK, Adiyaman, Jeylanpinar, Diyarbakir va boshqa viloyatlarda Turk askar va politsiyalariga hujum qilib shohid qilar ekan, tinch aholining yo’lini to’sib avtomobillariga o’t qo’ydilar.
Shunday qilib avj olgan terror jinoyatlari bir lahzada Turkiyaning ijtimoiy va siyosiy kun tartibini o’zgartirdi. İjtimoiy jihatdan qayg’ular ortar ekan, siyosiy jihatdan esa Ak Partiya hukumati yirik bir harbiy hujum boshlatdi. Turk harbiy samolyotlari Suriyada DEASh va Iroqda PKK pozitsiyalariga hujum qildi. Deyarli har kun o’tkazilgan havo hujumlari natijasida DEASh va PKK terroristlariga jiddiy ravishda zararlar berganini izoh etdi. Shunday qilib, Turkiya terrorga qarshi harbiy xavfsizlik siyosatini 3-4 yildan keyin takror harakatga o’tkazdi.
Ushbu jarayonda ko’rilgan juda muhim bir yangilik esa NATO ittifoqdoshlari Turkiya tomonidan uyushtirgan terror hujumlarini qoralashlari va havo operatsiyalariga ijobiy munosabat bildirishlari edi.
AQSh birinchi o’rinda bo’lib ittifoqdosh o’lkalar ham o’xshash munosabatlar ko’rsatdilar. Shu bois Turkiya NATO bitimining 4- moddasi doirasida NATO kengashini shoshilinch ravishda yig’ilishga chaqirdi. Va İjobiy javob ham oldi. Nihoyat, Turkiya harbiy amaliyotlari BMTga ham bildirilib, xalqaro huquq va qonuniylik himoyasi oldi.
Marmara Universiteti Siyosat Fani va xalqaro aloqalar bo’limi o’qituvchisi Professor Doktor Ramazon Go’zenning mavzu bilan tegishli fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.


Ushbu yangiliklar oddiy va odatdagi bir vaziyat emas, aksiga Turkiya ichki va tashqi siyosati, Yaqin sharq va dunyo uchun juda muhim bir hodisadir.

Aytishi joiz esa, Suruchdan so’ngra tarixiy bir voqea sodir bo’ldi. Ushbu hodisaning uch tomoni bordir. Birinchidan, Turkiya terror bilan kurash siyosatda jiddiy avj olish va kengayishi bahs mavzusidir. Turkiya to’rt yil so’ngra ilk marotaba PKKga qarshi havo operatsiyasi uyushtirar ekan, ayni zamonda DEAShga qarshi ham harbiy kurash boshlatib yubordi.
Turkiya, katta bir qadam tashlab DEASh terroristlariga qarshi aynan AQShdek havo operatsiyalari uyushtirishga boshladi. Havo operatsiyalari bilan bir qatorda yuzlab DEAShga mansub partizan nazoratga olingan. Turkiyadagi PKK va DEASh bilan kurashi mo’ljalini kengaytirish kabi ko’rilsa ham, bu aslida yangi bir strategiya ekanligi ma’lum bo’ladi . Bu borada ikkinchi jihati esa yangi bir terror bilan kurash strategiya boshlanishidir. Turkiya, 30 yildir kurashgan PKKni butunlay bartaraf etib, DEAShga qarshi qattiq kurashishga boshlagani juda aniq. Turkiyaning ushbu strategiyasi NATO a’zolari tomonidan ham himoya qilingani ko’rilmoqda. NATO a’zolaridan kelgan bayonotlar, Turkiya global va birinchi o’rindagi muammo esa DEASh bilan kurashish uchun PKKni bartaraf etishi ma’lum bo’ladi. Ushbu strategiyani Turkiya NATO ittifoqdoshlari bilan birgalikda yana ham kuchli DEAShga qarshi kurashishi mumkin. Bu ayni zamonda Turkiyaning NATO ichida va mintaqada ro’lining ortishiga sabab bo’ladi. Uchinchidan. Kelgusi davrda Turkiyaning yechim jarayoni qanday davom etishi va DEASh bilan kurash jarayoni qanday bo’lishi hanuz aniq emas. Turkiyaning demokratiya va xavfsizligi uchun juda muhim bo’lgan yechim jarayoni endi oldingi kabi davom etmas. Farqli bir shaklda davom etishi nazarda tutilmoqda. Faqat buning qanday amalga oshirilishi vaqt o’tishi bilan ma’lum bo’ldi. Boshqa tomondan , Turkiya DEASh radikalizmi va terrorizmi bilan qaysi uslubda kurashishi ham shu lahza ma’lum emas. Buni kutib ko’rish kerak. Faqat har ikki terror tashkiloti bilan ham kurash uslubi faqatgina harbiy operatsiya bilan bo’lmaydi. Chunki hech bir terror tashkilotini faqatgina harbiy operatsiyalar bilan yakunlash mumkin emas.
Aytishi joiz bo’lsa, terror bir botqoqlikdek ishlab chiqargani esa zararli qurt- qumursqa kabidir. Terror botqoqligi terrorizm hodisasi va sabablarini bartaraf et magan sari faqat terroristlarni yo’q etish bilan yechim bo’lmas. Shu bois, Turkiya NATO ittifoqdoshlari va hatto barcha Yaqin sharq va dunyo jamiyati DEASH bilan kurashda yutuqli bo’la olish uchun keng ko’lamli va birgalikda noharbiy tashkilotlar bilan

Siyosatlar olib borish kerak. Bu nuqtada eng muhim mavzu esa ayniqsa DEASH terrorini himoya qilgan ideologiyalarni ta’sirsiz holiga keltirishi kerak. Buning eng ta’sirli yo’l har holda, DEASh tomonidan qo‘llanilayotgan yanglish ifodalar, propagandalar va ishonchlarni ta’sirsiz holga keltirish. Bu doirada dastlabki qadamlardan biri, DEAShning terrorist maqsadlarini bajo keltirish uchun yanglish qo‘llangan Islom diniga oid fikr va tushunchalarning to’g’risini topib va yoyish bilam mumkin. Buning uchun Islomning to’g’ri bayonotlarini izoh etish va tatbiq etis bilan barcha insoniyatga DEAShning Islomni namoyandalik qilmaganini ko’rsatish kerak. Bu nuqtada Turkiyaning ro’li va ahamiyati yana oshkor holga keladi. Chunki Turkiya ko’rsatgan Islom uslubi va tushunchasi, Islom va g’arb o’rtasida vositachi ro’l o’ynaydi. . Tarixiy va ideologk vaziyati uchun ushbu ro’li foydali bo’ladi. Albatta ki DEASh va har turli terror bilan kurashning jiddiy xarajatlari ham bo’ladi. Ushbu xarajatni yaxshi yaxshi hisoblash kerak. Faqat muhimi bu xarajatlarni mushtarak bahamlashib harakat qilish lozim. Barcha ittifoqdoshlar yechimga hissa qo’shishi darkor.
Marmara Universiteti Siyosat Fani va xalqaro aloqalar bo’limi o’qituvchisi Professor Doktor Ramazon Go’zenning mavzu bilan tegishli fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.

 



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar