Tafakkur gulshani 1-qism

74264
Tafakkur gulshani 1-qism

Bu hafta dasturimizda Mavlono talaba almashish dasturi xaqida ma’lumot beramiz.

Dastur xaqida ma’lumot berishdan oldin taniqli faylasuf Mavlono xaqida qisqacha xikoya qilib o’tsak.

Mavlono 13 asrda yashab ijod qilgan so’fiy faylasufdir. U 1207 yili Afg’onistonning Huroson mintaqasining Balh viloyatida tavallud topgan. Mavlono “Kel kim bo’lsang ham yana kel” deya bejiz aytmagan. Chunki u o’zidagi cheksiz inson sevgisi bilan nafaqat islom olamini balki butun insoniyatni o’ziga rom qilgan. Hayotga va insonlarga bo’lgan ko’z qarashi bilan butun dunyoda faylasuf sifatida qabul qilingan. UNESCO Mavlono tavalludining 800 yilligi munosabati bilan 2007 yilni “Mavlono” yili deb e’lon qilgan edi. U hayoti mobaynida davrning farqli davlat va shaharlarida joylashgan ta’lim dargohlarini bir talaba hamda olim sifatida ziyorat qilgan. Mavlononing hayoti va falsafasida “Masnaviy” asari katta o’rin egallaydi.

Mavlono talaba almashish dasturi Turkiyadagi universitetlar bilan boshqa davlatlardagi universitetlar o’rtasida talaba va ta’lim xodimini almashtirish imkoniyatini yaratadi.
Bu dasturning boshqa talaba almashish dasturlaridan farqi, hech bir mintaqani ajratmasdan butun dunyodagi oliy ta’lim dargohlari bilan hamkorlik qilganligidir. 2013-2014 o’quv yilida Erasmus dasturiga kiritilgan davlatlardagi turli universitetlar Mavlono talaba almashish dasturi doirasidan chetda qoldirilgan edi. Mazkur dasturdan foydalanmoqchi bo’lgan talabalar kamida bir yil tahsil olish uchun murojaat qilishlari mumkin. Ta’lim xodimlari esa kamida 1 haftadan 3 oygacha dunyodagi oliy ta’lim dargohlarida dars berish uchun bu dasturga murojaat qilishlari mumkin. Bunga o’xshash dunyoning butun mintaqalaridan ham talaba va ta’lim xodimlari Turkiyadagi oliy ta’lim dargohlariga kelishi mumkin.
Mavlono talaba almashish dasturining asosiy maqsadi Turkiyada ta’lim bergan oliy ta’lim dargohlari bilan boshqa mamlakatlarda faoliyat ko’rsatgan oliy ta’lim dargohlari o’rtasida talaba va ta’lim xodimini almashishni ta’minlaydi.
Bundan tashqari dasturning o’z oldiga qo’ygan vazifalari quyidagicha;
1. Turkiyani oliy ta’lim sohasi bo’yicha e’tiborli markazga aylantirish;
2. Oliy ta’limning globallashuv jarayoniga hissa qo’shish;
3. Turkiyaning boy tarixiy va madaniy me’rosini dunyoga tanitish;
4. Madaniyatlararo ta’sirning kuchayishi bilan o’zgachaliklarga xurmat ko’rsatish madaniyatining boyitilishini yo’lga qo’yishdir.

Aslida bu vazifalar mazkur dasturning nomi nima uchun “Mavlono” deb atalganini ko’rsatib turadi.

Muhlislarimizda Mavlono talaba almashish dasturi qanday talabalarni o’ziga jalb qiladi? degan savol tug’ilishi mumkin.
Mavlono talaba almashish dasturi avvalo o’zi yashagan mintaqani va dunyoni yaqindan o’rganmoqchi va anglamoqchi bo’lgan, o’zini rivojlantirmoqchi bo’lgan, o’ziga ishonchi yuksak bo’lgan, raqobat tuyg’usi baland bo’lgan va global ongi va mas’uliyat tuyg’usi kuchli bo’lgan talabalarni o’ziga jalb qiladi.

Mazkur dasturdan foydalangan talabalar boshqa bunga o’xshash dastur imkoniyatlaridan ham foydalanishlari mumkin. Zarur shartlarni bajargan holda, dasturga qatnashgan talabalar uchun xorijdagi universitetlarda olayotgan tahsili mobaynida to’liq stipendiya beriladi. Talabalar mazkur dastur doirasida joylashgan oliy ta’lim dargohiga kontrakt puli yoki hech qanday mablag’ to’lamaydi.
Mavlono talaba almashish dasturining boshqa bunga o’xshash dasturlardan farqi nima? degan savolga esa shunday javob berish mumkin.
Dunyoning turli mintaqalarida faoliyat ko’rsatgan bu kabi dasturlar oliy ta’limning globallashuv jarayoniga cheklangan darajada hissa qo’shmoqda. Dasturga murojaat qilgan talabalar global oliy ta’lim xizmatining muhim vositasi sifatida Mavlono talaba almashish dasturi doirasida hohlagan universitetda ta’lim olish fursatini qo’lga kiritadilar.
Qolaversa Mavlono talaba almashish dasturiga doir protokolni imzolagan va oliy ta’lim dargohlarida xizmat ko’rsatgan barcha ta’lim xodimlari bu dasturning imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin. Bu esa biron oliy ta’lim dargohida xizmat qilgan ta’lim xodimi boshqa oliy ta’lim dargohida amalga oshiriladigan faoliyatlarga qatnashishi mumkin demakdir.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar