Toshkent Haftanomasi – 017

Islom Karimov o'tgan haftada Ispaniya Qirolligining tashqi ishlar va hamkorlik vaziri Xose Manuel Garsia-Margaloni qabul qildi.

62757
Toshkent Haftanomasi – 017

Prezident Islom Karimov, mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Ispaniya Qirolligining tashqi ishlar va hamkorlik vaziri Xose Manuel Garsia-Margaloni mamlakatga tashrifi bilan qutlar ekan, O`zbekiston bilan Ispaniya o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlik yuksak darajada ekanini bilan ta`kidlar ekan, bugungi kunning dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalarini hal etishda Ispaniyaning o`rni va roli yuqori ekanini qayd etdi.
Suhbat chog`ida o`zaro hamkorlikning hozirgi holati va ustuvor yo`nalishlari, xalqaro hayot, jumladan, Afg`onistondagi vaziyat bilan bog`liq mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Islom Karimov, O`zbekistonning Ispaniya bilan Evropa Ittifoqidagi muhim va ishonchli sheriklaridan biri sifatida barcha yo`nalishlardagi aloqalarni rivojlantirishga alohida ahamiyat berayotgani ta`kidladi.
O`zbekiston iqtisodiyotining izchil va barqaror o`sish sur`atlari, mamlakatda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoit o`zaro savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirishning mustahkam asosi bo`lib xizmat qilayotgani qayd etildi.
Uchrashuvda o`zaro hamkorlikka oid boshqa masalalar ham muhokama qilingan.
Ispaniya tashqi ishlar va hamkorlik vaziri Xose Manuel Garsia-Margalo samimiy qabul uchun O`zbekiston Prezidentiga minnatdorlik izhor etar ekan, Ispaniya hukumat Raisi Mariano Raxoy Breyning Islom Karimovga Ispaniyaga rasmiy tashrif buyurishni taklif etganini bildirdi.
Xose Manuel Garsia-Margalo, Ispaniya rahbariyati bundan buyon ham ochiq siyosiy muloqot va barcha sohalarda ikki tomonlama manfaatli o`zaro hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanini ta`kidladi.

Toshkentdagi Xalqaro hamkorlik markazida O`zbekiston va Ispaniya ishbilarmon doiralarining biznes-forumi bo`lib o`tdi.
O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Ispaniya Qirolligi Tashqi ishlar va hamkorlik vazirligi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda ikki mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo, sarmoya, yoqilg`i-energetika, qurilish, mashinasozlik, qishloq va suv xo`jaligi, oziq-ovqat, kimyo, sog`liqni saqlash, farmatsevtika, geologiya va mineral resurslar, transport va transport kommunikatsiyalari, aloqa va axborot texnologiyalari, elektrotexnika kabi sohalar uchun mas`ul vazirlik va idoralari, kompaniya va kontsernlari rahbarlari ishtirok etdi.
Biznes-forumda so'zga chiqqan O`zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G`aniev, tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Ispaniya Qirolligi tashqi ishlar va hamkorlik vaziri Xose Manuel Garsia-Margalo, 2 mamlakat o`rtasidagi hamkorlik barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotganini, bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo`lib xizmat qilayotganini ta`kidladi.
Ushbu forum o`zaro savdo, iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochishi qayd etildi.
Forumda ispaniyalik ishbilarmonlar O`zbekistonda sanoat va kichik biznesni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususiylashtirish jarayonlari, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy, “Angren” va “jizzax” maxsus industrial zonalaridagi qulaylik va imtiyozlar bilan atroflicha tanishtirildi.
Mamlakatlarimizning iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanish yuzasidan fikr almashildi. Savdo, iqtisodiyot, sarmoya, neft-gaz, temir yo`l, energetika, kimyo, oziq-ovqat, farmatsevtika kabi sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish, istiqbolli loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish, Ispaniya kompaniyalarini mamlakatimizdagi xususiylashtirish jarayoniga jalb etish, qo`shma korxonalarni, o`zaro tovar ayirboshlash hajmini ko`paytirish masalalari muhokama qilindi.
Biznes-forum yakunida ikki mamlakat o`rtasida savdo, sarmoya, farmatsevtika, temir yo`l qurilishi, mashinasozlik kabi sohalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga oid hujjatlar imzolandi. O`zbekistonning qator kompaniya va konsernlari hamda Ispaniya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida kooperatsion birja bo`lib o`tdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Ustyurt gaz-kimyo majmuasi qurilishining borishi bilan tanishish maqsadida 25 aprel kuni Qoraqalpog`iston Respublikasiga tashrif buyurdi.
Prezident Islom Karimov 25 aprel kuni ushbu yirik sanoat korxonasiga tashrif buyurib, bu erda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
İslom Karimov, bunday yirik va muhim loyihani Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda amalga oshirayotganliklarining bejizga emasligini, O`zbekistonning Koreya Respublikasiga ulkan iqtisodiy, industrial va intellektual salohiyatga ega rivojlangan davlat sifatida qarashligi, 2 mamlakat o`rtasida qaror topgan mustahkam va o`zaro manfaatli hamkorlikni yuksak qadrlashligini takidladi.
2012 yilda boshlangan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishgan İslom Karimov, bu erda mehnat qilayotgan ishchi va mutaxassislar bilan suhbatlashdi.
Shuningdek, bu erda mehnat qilayotgan ishchi va mutaxassislarning yashash va mehnat sharoitlari bilan qiziqdi.
Uchrashuvda “Uz-Kor Gaz Chemical” O`zbekiston — janubiy Koreya qo`shma ishlatmasi boshqaruvi raisi Li Xong Jol, “Lotte Chemical” kompaniyasi direktori, loyihaning texnik rahbari Xyun Chul Pak, “Ҳyundai engineering” kompaniyasi menejeri, Ustyurt gaz-kimyo majmuasi qurilish maydoni rahbari Kim Van Su ishtirok etib, bu yerda yaratilgan qulay shart-sharoit, doimiy e`tibori uchun O'zbekiston raxbariyatiga minnatdorlik bildirdi.
Malumki, O`zbekiston va janubiy Koreya hamkorligida Surg`il koni negizida bunyod etilayotgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi loyihasining umumiy qiymati 3,9 milliard AQSh dollarini tashkil qiladi. Uning amalga oshirilishi yiliga 4,5 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlash hisobidan 3,7 milliard kub metr gaz, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen, 102 ming tonna piroliz benzini va boshqa qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi.

O'zbekistonning poytaxti Toshkentda 1 may favvoralar kuni deb e`lon qilindi
Bundan buyon xar yili 1 may kuni Toshkentda «Favvoralar sayli» ommaviy-madaniy yoshlar tadbiri o`tkaziladi.
Bu haqdagi tegishli qaror, «Kamolot» Yoshlar İjtimoiy Xarakati, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va Respublika ma`naviyat targ`ibot markazining tashabbusiga asosan 23 aprel kuni O`zbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan.
Vazirlar Mahkamasi qarorida, mazkur sayl davomida Toshkent shahridagi har bir favvora oldida, ayniqsa, musiqali favvoralar yonida madaniy tadbirlar, san`atkorlar, yozuvchi va shoirlar, kino va teatr aktyorlarining yoshlar bilan uchrashuvlar o`tkazilishi belgilab qo'yilgan.

Shu yilning 23 aprel kuni Turkiyaning Toshkentdagi Elchixonasida, Bolalar va Milliy suverenitet kuni keng nishonlandi.
Mazkur tadbirda O`zbekistondagi turk fuqarolari, elchixona xodimlari, ota-onalar, talabalar va biznes vakillari ishtirok etdi. Tadbirda, Turkiyaning O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Namiq Guner Erpul so`zga chiqdi.
Namiq Guner Erpul o'z nutqida, bu tadbirning Turkiya Respublikasi uchun muhim ahamiyat kasb etadigan bayramlardan biri ekanligini aytar ekan, ushbu bayram Milliy suverinitet va bolalar bayrami sifatida keng nishonlanishini takidladi.
Namiq Guner Erpul,Turkiya Respublikasining parlamenti tashkil topishi bilan mamlakatda milliy suverenitet e`lon qilingan kunning, Mustafa Kamol Otaturk tomonidan bolalarga sovg`a qilinganligini takidlar ekan, shu kundan e`tiboran hozirgi kunga qadar, bu bayramning Milliy suverenitet hamda Bolalar kuni sifatida nishonlanib kelinayotganligini aytdi.
Bayram, Turkiyaning Toshkentdagi Elchixonasida keng nishonlandi.
Unda Toshkentdagi turk maktablari talablari hamda turk-o`zbek milliy raqs to`garaklariga qatnovchi o`zbek yoshlari tomonidan qiziqarli sahna chiqishlari namoyish etildi. Bayram doirasida, bolalar uchun maxsus tayyorlangan o`yin maydonchalari tashkil etildi.
Toshkentdagi “Turkiston” saroyida 25 aprel kuni O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligiga bag`ishlangan ijodiy kecha bo`lib o`tdi.
Unda parlament a`zolari, yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunoslar, ma`naviyat targ`ibotchilari, o`qituvchilar, keng jamoatchilik vakillari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda so'zga chiqqan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Muxammadali Ahmedov, “O`zbekkino” milliy agentligi bosh direktori jaxongir Qosimov, O`zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov, adabiyotni rivojlantirish, shoir va yozuvchilarning mehnatini munosib rag`batlantirish bo`yicha amalga oshirilayotgan keng ko`lamli ishlar yuksak samaralar berayotganini ta`kidlar ekan, davlat rahbarining “O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligini nishonlash to`g`risida”gi qarori, ijodkor xotirasini ardoqlash borasida ko`rsatilayotgan e`tiborning amaldagi yana bir ifodasi ekanligini aytdi.
Ijodiy kechada Muhammad Yusufning umr yo`ldoshi Nazira Salomova so'z olib, yuksak e`tibor va g`amxo`rlik uchun O`zbekiston raxbariyatiga minnatdorlik bildirdi.
Adabiy kechada hassos shoir hayoti va faoliyatiga oid yangi hujjatli film namoyish etildi. Kontsert dasturida shoir she`rlari bilan aytiladigan ashulalar yangradi.
Ijodiy kechada O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari Atxam Ikromov xam ishtirok etdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar