Daniya elchixonasi diplomati Turkiya tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi

Daniyaning Anqaradagi elchixonasining Muvaqqat ishlar vakili Age Sandal Moller 5-marta Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, ogohlantirildi.

2028938
Daniya elchixonasi diplomati Turkiya tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi

 

Ma'lumki, so'nggi kunlarda Turkiyaning Kopengagendagi elchixonasi va Kopengagendagi ba'zi musulmon mamlakatlar elchixonalari oldida Qur’onni yoqish harakati davom etmoqda.

Shu munosabat bilan Daniyaning Anqaradagi elchixonasining Muvaqqat ishlar vakili Age Sandal Moller 5-marta Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, ogohlantirildi.

Daniya diplomati bundan avval 18-avgust, 21-avgust, 22-avgust va 23-avgust kunlari Qurʼonni yoqish harakatlari tufayli Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan edi.

So'nggi paytlarda Shvetsiya va Daniyada Qur'onga qarshi hujumlar kuchayib bormoqda.

Ushbu mamlakatda bunday provokatsiyalarga yo'l qo'yilishi qattiq e'tirozlarga sabab bo'lmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Qur'on , #Daniya

Aloqador xabarlar