Jevdet Yilmaz bugun O‘zbekistonga tashrif uyushtirmoqda

Vitse - prezident Jevdet Yilmaz bugun O‘zbekistonga rasmiy tashrif uyushtirmoqda.

2134123
Jevdet Yilmaz bugun O‘zbekistonga tashrif uyushtirmoqda

Turkiya vitse - prezidenti Jevdet Yilmaz bugun rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga boradi.

Jevdet Yilmaz ikki kunlik tashrifi doirasida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi.

Yilmaz, shuningdek, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narboeva va Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari Jamshid Qoʻchqorov bilan alohida - alohida uchrashuv o‘tkazadi. Ikki tomonlama muzokaralardan soʻng hay’atlar oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtadi.

“Turk ishbilarmonlari uchrashuvi” dasturida ish dunyosi vakillari bilan uchrashadigan Jevdet Yilmaz, tashrifining ikkinchi kuni poytaxt Toshkentda oʻtkaziluvchi Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining ochilishida ishtirok etadi.


Tanlangan kalimalar: #O‘zbekiston , #Toshkent , #Jevdet Yilmaz

Aloqador xabarlar