Erdo'g'an 1-May Mehnatkashlar bayrami bilan munosabati bilan tabrik yo'lladi

Erdo'g'an ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozgan postida kapitan sifatida tirikchiligini   o’tkazgan faxriy birotaning o'g'li ekanligini eslatdi.

1981369
Erdo'g'an 1-May Mehnatkashlar bayrami bilan munosabati bilan tabrik yo'lladi
erdogan 1 mayis paylasim.jpg
erdogan.jpg

 

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, 1-May Mehnat va birdamlik kuni munosabati bilan e'lon qilgan murojaatida,

“Turk asrini sizlar bilan birga quramiz” dedi.

Erdo'g'an ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozgan postida kapitan sifatida tirikchiligini   o’tkazgan faxriy bir otaning o'g'li ekanligini eslatdi.

Yoshligida Istanbulda ishchi bo‘lib ishlaganini tilga olgan Erdo‘g‘an:

“Men do‘stlarim bilan issiq nonni  baham ko‘rishning xursandligini, ter to‘kishning nima ekanini juda yaxshi bilaman. Siyosat orqali yurtimizga xizmat qilish yo‘lidagi kurashda biz o‘z ildizlarimizning qayerdan kelganini  hech qachon unutmaganmiz.  Biz har doim sizning huquqlaringizni ta'minlashga harakat qildik. Yillar davomida ekspluatatsiya qilingan 1-mayni sizlar uchun bayram deb e’lon qildik.

Biz nima qilgan bo’lsak  birga qildik, birga muvaffaqiyatga erishdik, biz qiyinchiliklarni birga yengdik. Turk asrini sizlar bilan yana birga quramiz degan umiddaman dedi.

Prezident Erdo!g’an, ishchilarni 1-May Mehnat va birdamlik bayrami bilan tabrikladi.

 

 



Aloqador xabarlar