Hulusi Akar,Rossiya va Ukraina bilan g'alla koridoriga doir muzokaralar davom etayotganini bildirdi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Rossiya va Ukraina bilan g'alla koridoriga doir muzokaralar davom etayotganini bildirdi.

1961548
Hulusi Akar,Rossiya va Ukraina bilan g'alla koridoriga doir muzokaralar davom etayotganini bildirdi

 

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Rossiya va Ukraina bilan g'alla koridoriga doir muzokaralar davom etayotganini bildirdi.

Akar raisligida quruqlik qo‘shinlari qo‘mondonligi ilg‘or mushtarak operatsiyalar markazida chegara chizig‘i va undan tashqaridagi qo‘shinlar qo‘mondonlari ishtirokida videokonferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Hulusi Akar, 2022-yil 24-fevralda boshlangan Rossiya-Ukraina urushi tufayli Turkiyaning “oziq-ovqat inqirozi” xavfini bartaraf etish harakatlari natijasida yaratilgan “don koridori” amaliyoti haqida baho berdi.

Akar, "Vaqt tugayapti. Rossiya va Ukraina bilan yozishmalarimiz va muzokaralarimiz shunga o'xshash boshlanish shartlari bilan davom ettirilmoqda" dedi.

Mintaqada o’t ochishni to’xtatish va qon to’kilishini to’xtatish istagini bildirgan Akar, Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an boshda  bo’lib tegishli vazirlar bu mavzuda muzokaralarini davom ettirayotganini bildirib, kutilgan natijaga erishishni tiladi.

Turkiya, Ukraina, Rossiya va Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) o'rtasida 22 iyul kuni Istanbulda imzolangan Don yo'lagi to'g'risidagi bitim bugun (18 mart) tugaydi. Shartnoma muddatini uzaytirish bo'yicha muzokaralar davom etmoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar