Turkiya neft tankerlarining Bosfor bo‘g‘ozidan o‘tishiga ruxsat berdi

Turk boʻgʻozlarini kesib oʻtmoqchi boʻlgan 24 ta xom neft tankeridan 8 tasi Bosfor boʻgʻozidan oʻtishga muvaffaq bo’ldi.

1917899
Turkiya neft tankerlarining Bosfor bo‘g‘ozidan o‘tishiga ruxsat berdi

 

Turkiyada Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozlari orqali neft olib o‘tish uchun ruxsat berilishini kutib turgan tankerlar (suyuq va yarim suyuq mahsulotlar tashiydigan kemalar) safi kamaya boshladi.

Turk boʻgʻozlarini kesib oʻtmoqchi boʻlgan 24 ta xom neft tankeridan 8 tasi Bosfor boʻgʻozidan oʻtishga muvaffaq bo’ldi.

10-dekabrda Turkiya bo‘g‘ozlaridan o‘tish uchun 27 ta tanker navbatda turgan bo‘lsa, bir sutkadan keyin ularning soni 19 tagacha qisqargan.

Transport va infratuzilma vazirligi Dengizchilik Bosh boshqarmasi ma’lum qilishicha,  Turkiya boʻgʻozlaridan oʻtayotgan xom neft ortilgan kemalardan sug‘urta qilinganini tasdiqlovchi hujjat talab qilingan. Belgilangan protseduralarni, jumladan ushbu tankerlar sug‘urta qilinganini tasdiqlovchi ma’lumotnoma taqdim etilgach, tankerlarga bo’g’ozdan o'tishga ruxsat berilgan.

“1 dekabrdan keyin Qora dengiz yoʻnalishi orqali Turkiya boʻgʻozlarini kesib oʻtmoqchi boʻlgan 24 ta xom neft tankeridan 8 tasi biz talab qilgan maʼlumotni oʻz ichiga olgan sugʻurtaning haqiqiyligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim qilib, Bosfor boʻgʻozidan oʻtishini yakunladi”,- deyiladi bayonotda.

Qolgan 12 ta xom neft tankeri hali tegishli sug’urta hujjatini taqdim qilmagani uchun kutishda davom etmoqda.

“1 dekabrdan beri tegishli sug’urta hujjatini taqdim qilmagan 12 ta xom neft tankeridan 9 tasi Yevropa Ittifoqi chegaralarida kutmoqda. Bu kemalarning 8 tasi Gretsiyaga, 3 tasi Gonkongga tegishli”,-deb qo’shimcha qilinadi bayonotda.

Ma’lumot uchun: P&I - (Protecting va Indemnity) (kompensatsiya) so'zlarining bosh harflaridan iborat; Turkiya talab qilgan sug’urta hujjati turk boʻgʻozlarida kemalar tomonidan atrof-muhitga, quruqlikdagi va dengizdagi boshqalarning mulkiga yetkazilgan moddiy zarar, boshqa kemalarga yetkazilgan moddiy zarar, hatto uchinchi shaxslarga yetkazilgan tan jarohati va kema halokatini bartaraf etishdan himoyalovchi majburiy sugʻurta hisoblanadi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya

Aloqador xabarlar