Ukraina masalasi hal bo'lmasdan, dunyoda kuchlar muvozanatini ta’minlab bo‘lmaydi

Turkiya Prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Kalinning fikricha, Ukraina inqirozining asl sabablarini bartaraf qilmasdan, Rossiya va G‘arb o‘rtasida yangi kelishuvlarga erishmasdan turib, dunyoda kuchlar muvozanatini ta’minlab bo‘lmaydi.

1916569

“Insoniyat dunyo miqyosida hokimiyatning yangi taqsimotiga muhtoj”, deydi Prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘anning vakili.  

Uning fikricha, Ukrainadagi mojaroning asosiy sabablarini bartaraf qilmay barcha davlatlar o‘zini xavfsiz his qiladigan muvozanatni ta’minlab bo‘lmaydi.  

“Rossiya va G‘arb dunyo tartibi bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishishi kerak, bu esa taranglikni bartaraf qiladi”, deya qo‘shimcha qildi Ibrohim Kalin. 

Uning fikricha, Turkiyaning NATOga a’zoligi va Anqaraning G‘arb bilan yaqin aloqalari Rossiya, shuningdek, Afrika, Yaqin Sharq yoki Lotin Amerikasi bilan hamkorlikka to‘sqinlik qilmaydi. Shuningdek, Rossiya bilan yaxshi munosabatlar AQSH bilan munosabatlarda keskinlik mavjudligini anglatmaydi. 

“AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya kabi davlatlar global kun tartibiga ta’sir ko‘rsatib, dunyoning turli burchaklarida tanqidga sabab bo‘lmasdan harakat qilmoqda, Anqaraning Rossiya Federatsiyasi va boshqa davlatlar bilan munosabatlaridagi qadamlari esa vaziyatni o‘zgartirishga urinish sifatida baholanmoqda. Lekin, aslida Turkiya o‘zining rivojlanish vektorini qurmoqda. Anqara o‘z pozitsiyalarini yaxshi biladi va o‘z ustuvorliklaridan kelib chiqib ish yuritadi”, deya ta’kidladi Turkiya rahbarining rasmiy vakili.

Tanlangan kalimalar: #Ukraina

Aloqador xabarlar