Prezident Erdo’g'an, don tashish faoliyati avvaldan rejalanganidek davom etishini bildirdi

Prezident va Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Partiya) raisi Erdog’an, partiyasining Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) Guruh Yig’ilishida so’zladi.

1901128
Prezident Erdo’g'an, don tashish faoliyati  avvaldan rejalanganidek davom etishini bildirdi

 

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an, don tashish faoliyati  avvaldan rejalanganidek davom etishini bildirdi.

Prezident va Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Partiya) raisi Erdog’an, partiyasining Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) Guruh Yig’ilishida so’zladi.

Erdo‘g‘an Rossiyaning Ukraina portlaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha kelishuvni to‘xtatib qo‘yishini baholadi.

Kecha Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan don koridori mavzusida uchrashganini va bugun Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenski bilan uchrashishini tilga olgan Prezident Erdog’an, g’alla yo’lagi avvalgidek ochilganiga diqqat qaratdi.

Erdog’an, Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bugun Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akarga qo’ng’iroq qilib, g’alla tashishning avvalgidek davom etishini ma’lum qildi.

29-oktabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi anneksiya qilingan Qrimdagi Sevastopol shahrida Ukraina Rossiya harbiy va fuqarolik kemalariga hujum uyushtirgani haqida xabar bergan edi.

Vazirlik bayonotida “Kiyev Qora dengiz floti kemalari va don yoʻlagi xavfsizligini taʼminlashda ishtirok etgan fuqarolik kemalariga qarshi Britaniyalik ekspertlar ishtirokida terrorchilik harakatini amalga oshirganligi” taʼkidlangan.

“Rossiya tomoni terrorchilik harakatini hisobga olib, Ukraina portlaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olib chiqish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirishdagi ishtirokini to‘xtatdi”, — deyiladi xabarda.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar