Fuat O’ktay Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bosh vaziri Ersan Saner bilan uchrashdi

Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Fuat O’ktay ikki kunlik amaliy tashrif munosabati bilan Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga safar qildi.

1672076
Fuat O’ktay Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bosh vaziri Ersan Saner bilan uchrashdi

 

Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Fuat O’ktay ikki kunlik amaliy tashrif munosabati bilan Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga safar qildi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning 20 iyulda “Tinchlik va erkinlik bayrami” munosabati bilan mamlakatga tashrifiga tayyorgarliklarni ko’zdan kechirish va hozirda davom etayotgan loyihalar bilan tanishish kabi xususlar tashrif kun tartibiga kiritilgan.

Fuat O’ktay tashrif doirasida mamlakat bosh vaziri Ersan Saner bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Turkiya prezidenti Erdo’g’anning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan Fuat O’ktay shunday dedi:

“20 iyul muhim kunlardan biridir. Shimoliy Kiprlik qardoshlarimiz ozodlikka erishgan kun. Orolning haqiqiy egasi bo’lgan kiprlik turklarni etnik ozchilikka aylantirishga harakat qilgan va barcha haq-huquqini egallashga uringan ishg’olchi Rum-Yunon harakatiga yakun yasalgan kun. Endilikda ishg’olchilar farqli shaklda haqiqatni chalg’itishga harakat qilmoqda. Biroq, bunga hech qachon muvaffaq bo’la olmaydilar. Kiprdagi turklar orolning asl egalaridir. Bu yerni ishg’ol qilganlar kuni kelib buni tan oladilar”,-dedi Fuat O’ktay.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bosh vaziri Ersan Saner Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Fuat O’ktayga mamlakatga tashrifi munosabati bilan minnatdorlik bildirar ekan, shunday dedi:

“Shimoliy Kipr Turk Respublikasi hukumati sifatida Turkiya bilan birgalikda harakat qilsak, bu mintaqada uddalab bo’lmaydigan biron ish yo’q deb o’ylayman. Men bunga ishonaman. Moviy vatan va turk xalqining haq va manfaatlarini himoya qilish Shimoliy Kipr Turk Respublikasi hukumatining eng ustuvor vazifasidir. Ona vatan Turkiya bilan hamkorlik qilish kuchimizga kuch qo’shadi”,-dedi.

Fuat O’ktay tashrif doirasida Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Ersin Tatar tomonidan qabul qilinadi.

 

 

 



Aloqador xabarlar