Chavusho‘g‘lu bilan Lavrov turk-rus munosabatlarini qo‘lga oladi

Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov ertaga, 30-iyun kuni Turkiyaga keladi.

1666754
Chavusho‘g‘lu bilan Lavrov turk-rus munosabatlarini qo‘lga oladi

Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov ertaga, 30-iyun kuni Turkiyaga keladi. Muzokaralar chog‘ida turk - rus munosabatlaridan tashqari mintaqaviy masalalar ham qo‘lga olinadi.

Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda Sergey Lavrovning, Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘luning taklifiga binoan Turkiyaga tashrif uyushtirishi ma’lum qilindi.

Ertaga amalga oshiriladigan ushbu tashrif doirasida uchrashuvlar Antaliyada bo‘lib o‘tadi va unda, turk - rus munosabatlaridan tashqari mintaqaviy masalalar ham qo‘lga olinadi.

Rossiya Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda esa, Chavusho‘g‘lu bilan Lavrovning Janubiy Kavkaz, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika shuningdek Afg‘oniston, Ukraina, Markaziy Osiyo, Sharqiy O‘rta yer dengizi va Qora dengizdagi vaziyatni muhokama qilishi qayd etildi. Tashqi Ishlar vazirlarining shuningdek, Suriya va Liviya masalalarini ham qo‘lga olishi ifoda etildi.  

Ikkala mamlakat o‘rtasidagi savdo - iqtisodiy hamkorlikning rivojlantirilishi bilan bog‘liq masalalarning ham muhokama qilinishi aytilgan bayonotda:

Harbiy - texnik va yuqori texnologiyalar sohasida ikkala mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik masalalarining ham muhokama qilinishi yetkazildi. Shuningdek yangi turdagi koronavirusga (Covid-19) qarshi kurashda, Sputnik V vaktsinasining Turkiyada foydalanilishi va ishlab chiqarilishi masalasining ham muhokama qilinishi ma’lum qilindi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar