Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog’li Mayk Pompeo bilan muloqot qildi

Suhbat chog’ida COVID-19 pandemiyasiga qarshi hamkorlikda kurash olib borishga kelishib olindi.

1419902
Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog’li Mayk Pompeo bilan muloqot qildi

 

Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog’li AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog’ida COVID-19 pandemiyasiga qarshi hamkorlikda kurash olib borishga kelishib olindi.

Mayk Pompeo tvitterda muloqot tafsiloti haqida ma’lum qildi.

“Bugun Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog’li bilan COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda AQSh-Turkiya hamkorligini muhokama qilishdan mamnun bo’ldim. Turk va Amerika fuqarolarini o’z vataniga olib kelishga imkoniyat yaratish bo’yicha hamkorlik qilishni davom ettiramiz”,-deb yozadi Mayk Pompeo.

Pompeoning kotibi Morgan Ortagus ham muloqotga doir yozma bayonot berdi.

U epidemiyaga qarshi kurashda NATOning ro’liga diqqat qaratdi.

“AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo tibbiy himoyalovchi gumanitar yordamlarni yetkazishda o’ta saxiy bo’lgan Turkiyaga minnatdorlik bildirdi. Ayni vaqtda, Pompeo va Chavushog’li iqtisodiyot va xavfsizlik bo’yicha o’zaro munosabatlarni ko’zdan kechirdi”,-dedi Morgan Ortagus o’z bayonotida.

Bundan tashqari, Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog’li Germaniya TIV rahbari Heiko Maas bilan ham telefon orqali muloqot qildi.

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, ikki yetakchi suhbat chog’ida COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash jarayonida karantin choralarini yumshatish, normal hayotga qaytish, shu bilan birga Yevropa Ittifoqi munosabatlari va mintaqaviy dolzarb masalalarni muhokama qildi.

 



Aloqador xabarlar