Turkiya Qrim tatarlari bilan birodar Kavkaz xalqlarini qo’llab-quvvatlaydi

Tashqi ishlar vazirligi voizi Hami Akso’y , Turkiya, ona vatanidan majburiy  ravishda surilgan  Qrim tatarlari bilan  birodar Kavkaz  xalqlarini qo’llab- quvvatlashi  davom etishini bildirdi.

1419503
Turkiya Qrim tatarlari bilan birodar Kavkaz xalqlarini qo’llab-quvvatlaydi

Tashqi ishlar vazirligi voizi Hami Akso’y , Turkiya, ona vatanidan majburiy  ravishda surilgan  Qrim tatarlari bilan  birodar Kavkaz  xalqlarini qo’llab- quvvatlashi  davom etishini bildirdi.

 Mavzu bilan aloqali Vazirlikka berilgan savolga yozma ravishda  javob bergan Hami Akso’y, Qrimning  mahalliy  aholisi bo'lgan Qrim-tatar turklari bundan 76 yil oldin o'z vatanlaridan majburan chiqarib yuborilganini va g'ayriinsoniy sharoitda surgun qilinganligini aytdi.

Akso’y 250 ming Qrim tatarlari quvg'in paytida yoki ular surgun qilingan joylarda hayotlarini yo'qotganliklarini va  1944 yili surgundan keyin o'nlab yillar davomida o'z vatanlariga, Qrim yarimoroliga qaytib kela olmaganlarini ta'kidladi.

Turkiya, ular yashayotgan qiyinchilikning  bartaraf etilishi, tinchlik, xavfsiz  va osoyishta  yashashlari   uchun o’tmishda bo’lganidek bugungi kunda ham Qrim tatar  turklarini qo'llab-quvvatlamoqda.

"Shu munosabat bilan biz Ukrainaning hududiy yaxlitligiga himoyamizni yana bir bor tasdiqlaymiz” deya qayd etdi.

Tarixdagi eng og'riqli voqealardan biri bo'lgan "Cherkas surguni ", 156 yil oldin Kavkaz xalqining o'z vatanini tark etishiga va og'ir sharoitlarda katta yo'qotishlarga sabab bo'lgan va  qayg'u bilan yodga olingan fojia ekanligini ta'kidladi Akso’y,

"Biz Qrim-tatar turklari va qardosh Kavkaz xalqlarining azoblarini baham ko'ramiz. Ushbu fojiali voqealarda halok bo’lganlar xotiramizda o'chmas iz qoldirganlarga Ollohdan rahmat tilab  va ularning xotiralariga ta'zim qilamiz." dedi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qo'llab- quvvatladi , #Xalq , #Kavkaz , #Qrim

Aloqador xabarlar