Turkiya Suriyaning Idlib viloyati aholisiga yordam qo'lini uzatdi

“Idlibda rejim kuchlarining hujumlaridan jabrlangan tinch aholiga insonparvarlik yordamlarimiz davom etmoqda” deyiladi AFAD boshqarmasining tvitterdagi sahifasida.

1329752
Turkiya Suriyaning Idlib viloyati aholisiga yordam qo'lini uzatdi
afad idlib yardim1.jpg

 

 

Turkiya Tabiiy ofatlar va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) Suriyaning Idlib shahrida jabrlangan aholiga yordam qo’lini uzatdi.

Mazkur boshqarma Idlibdagi tinch aholining qanday mashaqqatli sharoitlarda yashayotganligi haqidagi video tasvirni tvitterdagi sahifasida namoyish qildi.

“Idlibda rejim kuchlarining hujumlaridan jabrlangan tinch aholiga insonparvarlik yordamlarimiz davom etmoqda” sarlavhasi bilan namoyish qilingan video tasvirda, qiyin sharoitlarda kun kechirib kelayotgan suriyaliklarga Turkiya Tabiiy ofatlar va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan ko’rsatilayotgan yordamlarning tasvirlariga o’rin berildi.

Qolaversa, tasvirlarda boshpanasiz qolgan tinch aholiga chodirlar qurib berish, issiq adeyallar va oziq-ovqatlar tarqatish kabi faoliyatlarga ham o’rin berildi.


Tanlangan kalimalar: #AFAD , #gumanitar yordam , #Suriya , #Turkiya

Aloqador xabarlar