Prezident Erdo'g’an amaliy tashrif bilan Rossiyada

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an amaliy tashrif bilan hozirda Rossiya poyaxti Moskvada.

1259272
Prezident Erdo'g’an amaliy tashrif bilan Rossiyada

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an amaliy tashrif bilan hozirda Rossiya poyaxti Moskvada.

Prezident Erdo'g’anni Moskvadagi Jukovski aeroportida Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiylari bilan Turkiyaning Moskvadagi elchisi Mehmet Samsar yetakchiligidagi rasmiylar kutib oldi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anga mazkur tashrif chog’ida Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, G’aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak, Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar, Sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafa Varank, Prezidentlik apparatining Aloqalar bo’limi rahbari Fahretin Altun va Prezidentlik apparatining Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin hamrohlik qilmoqda.

Prezident Erdo'g’an Rossiyaga bo’lgan bir kunlik tashrifi chog’ida dunyoning eng nufuzli MAKS-2019 Xalqaro aerokosmik ko'rgazmasining ochilish marosimida ishtirok etadi.

Prezident Erdo'g’an bilan Vladimir Putin Jukovski aeroportidagi o’zaro va hay’atlaro uchrashuvi ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtiradi.

Turkiya va Rossiya munosabatining har jihatdan qo’lga olinishi kutilgan uchrashuvda, Suriya bosh bo’lish bilan birga ba’zi mintaqaviy va xalqaro masalalar haqida ham fikr almashilishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar