Hulusi Akar Yunoniston mudofaa vaziri Evangelos Apostolakis bilan uchrashdi

“Hulusi Akar Brusseldagi NATO mudofaa vazirlari yig’ilishi doirasida NATO qarorgohida Yunoniston mudofaa vaziri Evangelos Apostolakis bilan uchrashdi”,-deyiladi bayonotda.

1226038
Hulusi Akar Yunoniston mudofaa vaziri Evangelos Apostolakis bilan uchrashdi
akar-stoltenberg.jpg

 

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Yunoniston mudofaa vaziri Evangelos Apostolakis bilan uchrashdi.

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligi bayonot berdi.

“Hulusi Akar Brusseldagi NATO mudofaa vazirlari yig’ilishi doirasida NATO qarorgohida Yunoniston mudofaa vaziri Evangelos Apostolakis bilan uchrashdi”,-deyiladi bayonotda.

Uchrashuvda ikki davlat mudofaa vazirliklari o’rtasida Afina va Ankarada amalga oshirilgan ishonch choralari bo’yicha Egey dengizida hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha hay’atlararo muzokaralardan mamnunlik tilga olindi. Ikki davlat o’rtasida bunday muzokaralarni davom ettirish yaxshi qo’shnichilik aloqalariga ijobiy hissa qo’shishi qayd etildi.

Ta’kidlashicha, Hulusi Akar muammolarni yaxshi qo’shnichilik aloqalari asosida, tinchlik va do’stlik muhitida xalqaro huquq meyorlariga mos ravishda hal qilish, Egey dengizi va O’rta yer dengizida milliy haq va manfaatlardan voz kechmasdan, provokatif harakatlardan uzoq turish katta ahamiyat kasb etishini tilga oldi.

Eslatish joizki, Hulusi Akar Brusselda bo’lib o’tgan NATO mudofaa vazirlari yig’ilishi doirasida NATO harbiy qo’mitasi rahbari general Stuart Peach va NATO bosh kotibi Jens Stoltenberg bilan ham uchrashuv amalga oshirdi.

 



Aloqador xabarlar