Istanbulda 14-Xalqaro mudofaa sanoati yarmarkasi ochilmoqda

Yarmarkada Turkiyada ishlab chiqarilgan “Atak-2” milliy jangovar vertolyoti namoyish qilinadi.

1191658
Istanbulda 14-Xalqaro mudofaa sanoati yarmarkasi ochilmoqda

 

30 aprel seshanba kuni Istanbulda 14-Xalqaro mudofaa sanoati yarmarkasi (IDEF-19) o’z ishini boshlaydi.

Yarmarkada Turkiyada ishlab chiqarilgan “Atak-2” milliy jangovar vertolyoti namoyish qilinadi.

Vertolyot mahalliy o’q-dorilarning maketlari bilan jihozlangan shaklda yarmarkada namoyish qilinadi.

Og’ir kotegoriyadagi jangovar vertolyotlar loyihasi Turkiya Qurolli kuchlarining ehtiyojiga to’la javob beradigan shaklda ishlab chiqarildi.

Loyiha asosida katta miqdorda yuk tashish hajmiga ega, qiyin havo sharoitlariga chidamli, ilg’or texnologiyalar bilan jihozlangan, elektronik harbiy, navigatsiya, aloqa va qurol tizimlari bilan jihozlangan, yuqori manevr qobiliyatiga ega bo’lgan kuchli qirg’in vertolyotini muntazam ishlab chiqarish rejalangan edi.

14-Xalqaro mudofaa sanoati yarmarkasi 3 may juma kuniga qadar davom etadi.

 

 



Aloqador xabarlar