Erdo’g’an:"Suriyadagi arab, kurd va turkman qardoshlarimizning kelajagi bizning kelajagimizdir"

"Avvalo terroristlarning ildizini quritamiz. Keyin Afrinni jannatmakon joyga aylantiramiz. Kim uchun? Mamlakatimizda boqib o’tirgan 3 yarim million suriyalik uchun”,-dedi Turkiya prezidenti.

896233
Erdo’g’an:"Suriyadagi arab, kurd va turkman qardoshlarimizning kelajagi bizning kelajagimizdir"

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an 44-Mahalla faollari yig’inida Turkiya qurolli kuchlarining Suriyaning Afrin tumanidagi harbiy amaliyoti haqida gapirib o’tdi.

Afrin tumanini jangarilardan tozalash maqsadida boshlatilgan harbiy amaliyotlar muvaffaqiyatli davom etganligini ma’lum qilgan Erdo’g’an: “Suriya ozodlik armiyasi bilan Turkiya qurolli kuchlaridan tashkil topgan qo’shin qadamma-qadam Afrinni nazorat ostiga olmoqda. Qurollangan terror tashkilotida bitta ham jangari qolmagunicha harbiy amaliyot davom etadi. Chegara xavfsizligimiz albatta juda muhim. Xalqimizning joniga va mol-mulkiga qasd qilgan chegara orti tahlikalar juda muhim. Biz Suriyadagi arab, kurd va turkman qardoshlarimizning kelajagini o’z kelajagimiz kabi muhim deb o’ylaymiz. Ba’zilari fitna soldi, to’rt tomondan hujum qilmoqdalar. Afrindagi harbiy amaliyotni kurd xalqiga nisbatan amalga oshirilayotgandek qilib ko’rsatishga va bizni ishg’olchi kuch sifatida ayblashga harakat qilmoqdalar”,-dedi.

“Evfrat qalqoni” amaliyotida jangarilardan tozalangan viloyat va tumanlarga 100 mingdan ortiq suriyalik joylashtirildi. Afrinda ham xuddiy shunday bo’ladi. Avval terroristlarning ildizini quritamiz. Keyin u yerni jannatmakon joyga aylantiramiz. Kim uchun? Mamlakatimizda boqib o’tirgan 3 yarim million suriyalik uchun”,-dedi Turkiya prezidenti.

Erdo’g’an: “Zaytun novdasi” harbiy amaliyotida askarlarimiz halok bo’lyabdi va yaradorlar bor. Lekin, Suriya ozodlik armiyasi va Turkiya qurolli kuchlaridan jami 7-8 ta askar halok bo’lgan bo’lsa, dushman tomondan 268 jangari yo’q qilindi. Bu qat’iy davom etadi. Jangarilarning ildizini qaziymiz”,-dedi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar