Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anga suiqasd uyushtirgan harbiy isyonchilardan 7 nafari qo’lga tushdi

Fetullah Gulen harakatiga xizmat qilgan ushbu harbiylar ichida jangovar qidiruv va qutqaruv qo’shinidan mayor Taner Berber ham o’rin olgan.

537612
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anga suiqasd uyushtirgan harbiy isyonchilardan 7 nafari qo’lga tushdi

Turkiyada 15 iyul kechasi Prezident R.T.Erdog’anga suiqasd uyushtirgan harbiy isyonchilardan 7 nafari qo’lga tushdi.

Fetullah Gulen harakati-Parallel davlat tuzilishiga (FETO/PDY) xizmat qilgan mazkur harbiylar Mug’la-Marmaris yo’li ustida yo’ldan o’tgan transport vositalarini to’xtatmoqchi bo’lib qo’l ko’targan.

Bu haqda politsiya markaziga ma’lumot kelgach, darhol o’sha territoriyada operatsiya yuritgan xavfsizlik kuchlari prezidentga suiqasd uyushtirgan vatan xoinlarini qo’lga tushirishga muvaffaq bo’ldi.

Mazkur harbiylar ichida jangovar qidiruv va qutqaruv qo’shinidan mayor Taner Berber ham o’rin olgan.

Bir muddat qochib yurgan 7 harbiy Xavfsizlik boshqarmasiga olib kelindi.

Eslatma: Fetullah Gulen harakatiga xizmat qilgan 36 harbiy 15 iyul davlatni to’ntarishga tashabbus sodir bo’lgan kuni Prezident R.T.Erdog’an dam olayotgan Marmarisdagi mehmonxonaga bosqin uyushtirgan edi.

Bosqinga qatnashgan 36 harbiydan 19 nafari voqeadan so’ng, maxsus operatsiya vositasida qo’lga tushirilgan edi.

Qochishga muvaffaq bo’lgan yana 10 harbiy butun mamlakat bo’ylab qidirilmoqda.

 



Aloqador xabarlar