Turkiya Oliy Millat Majlisida muhim qaror

Turkiya Oliy Millat Majlisda Tadqiqot Komissiyasi vujudga keltirish taklifi bir ovozdan tasdiqlandi.

538237
Turkiya Oliy Millat Majlisida muhim qaror

Turkiya Oliy Millat Majlisi umumiy kengashida, Fethulloh terror tashkilotining 15-iyul kungi to'ntaruv kirishuvi bilan aloqali Majlisda Tadqiqot Komissiyasi vujudga keltirish taklifi bir ovozdan tasdiqlandi.

Taklifnoma mavzusida so'z olgan AK Partiya guruh rahbar o'rinbosari Ilknur Inceo'z, ayyor, xoin bir terror tashkiloti bilan qarama-qarshimiz.

JHP Mug'la deputati O'mer Suha Aldan, vujudga keladigan tadqiqot komissiyasining, kelishuv komissiyasi kabi har partiyadan a'zoga ega bo'lishi kerakligini izohladi.

Shuningdek, "Anqarada bir bosh prakurorning o'zini muhofaza etgan politsiya xodimidan buyruq olganini" ifoda etgan Aldan, mana bunga o'xshash bir tashkilot bor qarshimizda" deb ifoda etdi.

MHP Mug'la deputati Mehmet Erdo'g'an esa kelishuv va dialog muhitining davom etishining qanchalik ahamiyatli bo'lganiga to'xtalib o'tdi.

15-iyul kunidan beri o'n minglan kishining ishdan chetlashtirilganiga diqqat qaratgan Erdo'g'an, "Davlat organlariga sizgan tashkilot a'zolarining maqsadini almashtirgani ham ilgari surilmoqda. Bu mavzuda nozuk harakat qilish kerak" deb so'zladi.

HDP Istanbul deputati Jelal Dog'an ham boshqa to'ntaruvlarga o'xshamagan bir to'ntaruv tashabbusi bo'lganiga diqqat qaratib, "Bu kirishuvning maqsadi va muddatining nima bo'lganidir. Boshqa to'ntaruvlar kun tartibiga keltirilsa aslida qancha mavzular oydinlikka erishgan bo'lar edi" dedi.



Aloqador xabarlar