Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod Turkiyada...

Ahmadinajod Turkiyaning sobiq bosh vazirlaridan Nejmettin Erbakan vafotining 4 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan hotira marosimiga qatnashdi.

245517
Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod Turkiyada...

Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod Turkiyaga tashrif buyurdi.
Ahmadinajod Turkiyaning Bursa shahrida sobiq bosh vazirlardan Nejmettin Erbakan vafotining 4 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan hotira marosimiga qatnashdi.
Tashrifi chog’ida TRTga reportaj bergan Ahmadinajod, “Eron bilan Turkiya kuchli davlatdir, ikki buyuk millatdir”-dedi.
Ahmadinajod: “Erbakanning iymoni va siyosati bir edi. İkki yuzli emas edi. Dunyodagi masalalarni yaxshi bilardi. U insoniyatga yaxshi xizmat qilish va butun dunyoda adolat va tinchlik o’rnatish uchun ustun g’ayrat sarf qildi. Uning rejalari millatning birligi va hamjihatligini maqsad qilgan edi”-dedi.
Ahmadinajod Eron va Turkiyani nafaqat mintaqaning balki butun dunyoning eng kuchli davlati deb baholadi.
Ahmadinajod: “Eron bilan Turkiya xalqlari va davlat rasmiylari hamjihatlik va hamkorlikda qadam tashlasa, xalqaro maydondagi muammolarni hal qilishga katta hissa qo’shgan bo’lar edi. Chunki, Eron bilan Turkiya ikki ulkan kuchdir, ikki buyuk millatdir. İkkala millatning ham xurmatga loyiq bo’lishi kerakligiga ishonaman”-dedi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar