Bo‘lat: Turkiya bilan AQSh o‘rtasidagi savdo aloqalari ijobiy tusda rivojlanmoqda

O‘mer Bo‘lat Istanbulda bo‘lib o‘tgan “Trade Winds” tadbirida nutq so‘zladi.

2139443
Bo‘lat: Turkiya bilan AQSh o‘rtasidagi savdo aloqalari ijobiy tusda rivojlanmoqda

Savdo vaziri O‘mer Bo‘latning qayd etishicha, Turkiya bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) o‘rtasidagi savdo aloqalari ijobiy tusda rivojlanmoqda.

O‘mer Bo‘lat Istanbulda bo‘lib o‘tgan “Trade Winds” tadbirida nutq so‘zladi.

Turkiya bilan AQSh o‘rtasidagi savdo hajmi 16 milliard dollarga yetganini ifoda etgan Bo‘lat, bugungi kunda AQSh Turkiyaning ikkinchi yirik eksport bozoriga aylanganiga e’tibor qaratdi.

Ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmini 100 milliard dollarga chiqarish rejalashtirilayotganini ta’kidlagan O‘mer Bo‘lat, buning qulaylik bilan amalga oshishi mumkinligini ta’kidladi.

Turk firmalarining AQShdagi investitsiyalari ortganini ifoda etgan Savdo vaziri,

“Firmalarimizning AQShdagi investitsiyalari 2023 - yil yakuni bo‘yicha 11 milliard dollarga yetdi va chet el sarmoyalarimizdagi AQShning ulushi esa 16 foiz”, - dedi.

Roppa – rosa 3 kun davom etadigan tadbirda 120 dan ortiq AQSh kompaniyalari ishtirok etmoqda.



Aloqador xabarlar