Turkiya Tashqi ishlar vazirligi İsroilni qoraladi

Tashqi ishlar vazirligi:"İsroilning Harem-i Sherif va Mesjid-i Aksada musulmonlarning e’tiqod va erkin ibodat qilish kabi haq va huquqlarini parvosizlarcha oyoq osti qilgan bu bosqinini qat’iy qoralaymiz”

182702
Turkiya Tashqi ishlar vazirligi İsroilni qoraladi

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi İsroil xavfsizlik kuchlarining Mesjid-i Aksa hududiga qilgan hujumini qoraladi.
Tashqi ishlar vazirligidan qilingan izohda, 35 kishidan tashkil topgan va bir guruh İsroil deputatlari o’rin olgan millatchi yahudiylar muqaddas hisoblangan Harem-i Sherifga bostirib kirgani va İsroil politsiyasining Mesjid-i Aksadagi diniy qadriyatlarni oyoq osti qilgani qoralangani ma’lum qilindi.
İzohda, “İsroilning Harem-i Sherif va Mesjid-i Aksada musulmonlarning e’tiqod va erkin ibodat qilish kabi haq va huquqlarini parvosizlarcha oyoq osti qilgan bu bosqinini qat’iy qoralaymiz”-degan ifodalarga o’rin berildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar