Turkiya Prezidenti Erdog’an bugun Turkmanistonga jo’nab ketadi

Turkmaniston Prezidenti Kurbankuli Berdimuhammedov Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anni O’g’uzxon saroyida rasmiy marosim bilan kutib oladi.

182996
Turkiya Prezidenti Erdog’an bugun Turkmanistonga jo’nab ketadi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an bugun Turkmanistonga jo’nab ketadi.
Turkmaniston Prezidenti Kurbankuli Berdimuhammedov Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anni O’g’uzxon saroyida rasmiy marosim bilan kutib oladi.
Marosimdan so’ng amalga oshiriladigan o’zaro va hay’atlararo uchrashuvlarda ikki davlat o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar ko’zdan kechirilishi kutilmoqda.
Prezident Erdog’an tashrifi chog’ida, Turkmanistonning birinchi prezidenti Saparmurat Turkmanboshining qabrini ziyorat qiladi.
So’ngra Mustaqillik yodgorligiga gulchambar qo’yadigan Erdog’an, Do’stlik parkida ko’chat ekish marosimiga qatnashadi.
2017 yili Turkmanistonda amalga oshiriladigan Osiyo musobaqalariga tayyorgarlik maqsadida qurilayotgan Olimpiada saroyini tomosha qiladigan Erdog’an Mahtumquli Universitetida bo’lib o’tadigan konferensiyaga ishtirok etadi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar