Turkiya Oliy Millat Masjlisi İsroil hujumlarini qoraladi

Turkiya Oliy Millat Majlisi, İsroilni qoralagan va Falastin xalqiga qarata uyushtirgan hujumlarni zudlik bilan to’xtatilishini talab qilgan bir bildiruv chop etdi.

64336
Turkiya Oliy Millat Masjlisi İsroil hujumlarini qoraladi

Turkiya Oliy Millat Masjlisi İsroil hujumlarini qoraladi.

Turkiya Oliy Millat Majlisi, İsroilni qoralagan va Falastin xalqiga qarata uyushtirgan hujumlarni zudlik bilan to’xtatilishini talab qilgan bir bildiruv chop etdi.
AK Partiya, JHP, MHP va HDP tomonidan mushtarak tayyorlangan bildiruvda, İsroilning ogohlantiruvlarga qaramay G’azo va Falastin xalqiga qarshi hujumlarini orttirgan holda davom ettirishini nafrat bilan qoralangani bildirildi.
Bildiruvda, İsroilning qatliomga aylangan bu hujumlarining, xalqaro huquq va inson haqlarini paymol qilish sifatida baholangani bildirildi.
G’azoda qurbonlar va yaradorlarning ortishidan xavotirlangani ifoda etilgan bildiruvda, boshda ayollar va bolalar bo’lib begunoh insonlarni o’ldirishning insonni yaralagan, qabul qilinmas va af etilmas insonlik jinoyati sifatida ko’ringaniga diqqat qaratildi.
Bildiruv quyidagicha: “Turkiya Oliy Millat Majlisi İsroil tomonidan Falastin xalqiga qarata boshda G’azo bo’lib uyushtirgan hujumlarini zudlik bilan to’xtatishini, insoniy yordamlarni G’azo ham bo’lib Falastin tuproqlariga yetkazish va barcha to’siqlarni bartaraf qilish, daslab BMT Xavfsizlik Kengashi bo’lib, xalqaro tashkilotlarining Falastin xalqiga qarata huquga xilof va noinsoniy hujumlarni to’xtatib, davomli sulh tuzish uchun har turli qadam tashlashini, barcha parlamentlarning, hukumatlar, tashkilotlar va jamiyatlarining Falasin xalqi uchun mushtarak vijdoniy mas’uliyatlarini bajo keltirishini talab qiladi. Turkiya Oliy Millat Majlisi sifatida, hamdarlik bildirilgan Falastinli qardoshlarimizning yonida bo’lishga, ularning da’vosiga ko’makchi bo’lishimizni yana bir bora e’lon qilamiz”



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar