Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz Tanzila Norboyeva bilan uchrashdi

O‘zbekiston va Turkiya davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yil sayin mustahkamlanib bormoqda.

2135112
Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz Tanzila Norboyeva bilan uchrashdi

 

O‘zbekiston va Turkiya davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yil sayin mustahkamlanib bormoqda. Keyingi yillarda ikki davlat rahbarlarining kuchli siyosiy irodasi sababli ushbu munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilib, strategik sheriklik darajasiga chiqdi.

Oliy darajadagi muloqotlar muntazamlik kasb etmoqda. Buning natijasida ikki mamlakat o‘rtasidagi qardoshlik va do‘stlik rishtalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar, turizm, ta’lim va ijtimoiy sohadagi hamkorlik yanada rivojlanmoqda.  

Bu O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva va Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz boshchiligidagi delegatsiya uchrashuvida e’tirof etildi.  

Muloqot davomida Turkiya tomoni gender tenglik, xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, tartibli mehnat migratsiyasi, oila ishlari va ijtimoiy himoya sohalarida ko‘maklashish, bu borada o‘zaro tajriba alshashish va aniq loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanini bildirdi.  

Uchrashuvda parlamentlararo hamkorlik aloqalarini mintaqaviy va xalqaro doirada mustahkamlash va yanada jadallashtirish zarurligi qayd etildi. Jumladan, parlamentlararo guruhlar va parlamentlarning barcha qo‘mitalari o‘rtasida savdo, iqtisodiyot, investitsiya, innovatsiya, bank-moliya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni faol davom ettirish muhim.  

Tomonlar ikki mamlakatning ko‘p qirrali hamkorligini chuqurlashtirish va kengaytirish yo‘lida o‘zlarining bor tajriba hamda shijoatlarini safarbar etishga tayyor ekanini bildirdi.  


Tanlangan kalimalar: #Jevdet Yilmaz , #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar