Ozarbayjon va Armaniston chegarani belgilash bo'yicha protokol imzoladi
Mazkur hujjatga Ozarbayjon Bosh vazir o'rinbosari Shahin Mustafayev va Armaniston Bosh vazir o'rinbosari Mher Grigoryan imzo chekdi.
Ozarbayjon va Armaniston SSSR Bosh shtabining 1976 yildagi topografik xaritasiga muvofiq Gazax viloyati tomon chegara chizigʻini belgilash toʻgʻrisida protokol imzoladi.
Mazkur hujjatga Ozarbayjon Bosh vazir o'rinbosari Shahin Mustafayev va Armaniston Bosh vazir o'rinbosari Mher Grigoryan imzo chekdi.
Qayd etilishicha, kuni kecha Ozarbayjon va Armaniston Bosh vazir o’rinbosarlari rahbarligida chegarani aniqlash komissiyalarining 9-yig'ilishi bo’lib o’tdi. Mazkur yig’ilishi ikki davlat chegara zonasida amalga oshirildi.
Ozarbayjon tomonidan berilgan yozma bayonotga ko'ra, tomonlar Gazax mintaqasidagi chegara chizig'ining koordinatalarini aniqlashni muhokama qilgan.
Tomonlar, Sovet Ittifoqi Bosh shtabining 1976 yildagi topografik xaritasiga muvofiq, Armaniston qaytaradigan Ozarbayjonga tegishli 4ta qishloq va arman qishloqlari oʻrtasidagi chegara chizigʻi koordinatalarini aniqlash boʻyicha kelishib oldilar va protokol imzoladilar.
Komissiyalarning oldingi yig'ilishida Armaniston 1-Qorabog' urushida (2016) bosib olgan “Baganis Ayrim”, “Quyi Eskipara”, “Heyrimli” va “Qizilhajili” qishloqlarini Ozarbayjonga qaytarishga va’da bergandi.
So'ngra, ikki davlat ekspert guruhlari tomonidan chegarada geodezik oʻlchovlar boshlangandi.
Ozarbayjon va Armaniston chegarasiga ilk bor chegara ramzi o’rnatilgandi.
Aloqador xabarlar
Shavkat Mirziyoyev ertaga Turkiyaga tashrif uyushtiradi
Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aloqalarida yangi davr boshlanmoqda.