Anqarada Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi

O’zbekiston elchixonasida o'tkazilgan tadbirda Anqaradagi oliy ta’lim muassasalarida o'qiyotgan talabalar va vaqtincha bo'lib turgan O'zbekiston fuqarolari ishtirok etdi.

2090838
Anqarada Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi

 

O’zbekiston elchixonasida Turkiya poytaxti Anqaradagi oliy ta’lim muassasalarida o'qiyotgan talabalar va vaqtincha bo'lib turgan O'zbekiston fuqarolari ishtirokida O'zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga bag'ishlangan “Yangi O'zbekiston armiyasi — mamlakat qudrati, yuksak g'urur va sadoqat timsolidir!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi.

Tadbir davomida O’zbekiston Qurolli Kuchlarining yaratilish tarixi, so'nggi yillarda amalga oshirilgan va milliy armiyaning qiyofasi va salohiyatini tubdan o'zgartirgan keng ko'lamli islohotlar, jumladan qo'shinlarni zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan ta’minlash, harbiy xizmatchilarni axloqiy-ruhiy tayyorgarligi va jangovar ruhini oshirish, ularga va oila a’zolariga yaratilgan ijtimoiy qulayliklar va imtiyozlar hamda “Xalq va armiya – bir tanu bir jondir” tamoyili ostida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, dunyoda yuzaga kelgan hozirgi murakkab vaziyatda O’zbekiston mustaqilligi va suverenitetini, uning hududiy yaxlitligini ta’minlash, jamiyatda hukm surayotgan tinchlik va totuvlikni qadriga yetish va ko'z qorachig'idek avaylash har bir O'zbekiston fuqarosining burchi ekanligi alohida ta’kidlandi.

Tadbirda O’zbekiston armiyasida amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasi, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg'ulotlariga bag'ishlangan "Yangi O'zbekistonning yangi armiyasi" mavzusida videorolik namoyish etildi.

Shu bilan birga, Turkiyadagi talabalar O'zbekiston Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatni o'tash yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

 

 



Aloqador xabarlar