Qozog‘istonda suv toshqinlari oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Aqmola, Aqto‘be, Atirau, Qo‘stanay va Shimoliy Qozog‘iston viloyatlarida 5 ming 718 uy suv ostida qoldi.

2129500
Qozog‘istonda suv toshqinlari oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

 

Qozog‘istonda suv toshqinlari oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, bedarak yo‘qolgan 2 kishini qidirish davom etmoqda.

Mamlakatda davom etayotgan suv toshqinlari tufayli Atirau viloyatida 4 kishi, Turkiston viloyatida esa, suv oqizib ketgan bir bola halok bo‘ldi.

Abay viloyatida 2 kishini qidirish ishlari davom etmoqda.

Boshqa tomondan, Qozog'istonda kuchli yomg'irli qishdan keyin qor suvlarining tez erishi natijasida daryolarda toshqinlarga sabab bo'lgan se bilan kurash davom etmoqda.

Suv toshqinlari tufayli 8 ta hududdagi 38 ta aholi punktida favqulodda holat “mahalliy miqyosda” davom etmoqda.

Hozirgacha suv toshqini zonalaridan qutqarilganlar soni 117 ming 694 nafarga yetgan bo'lsa, ulardan 18 ming 651 nafari uylariga qaytdi. Evakuatsiya qilinganlarning 6 ming 887 nafari vaqtinchalik joylashtirish markazlarida qolmoqda.

Shuningdek, 113 ming 852 bosh qishloq xoʻjaligi hayvonlari xavfsiz joylarga evakuatsiya qilindi. Aqmola, Aqto‘be, Atirau, Qo‘stanay va Shimoliy Qozog‘iston viloyatlarida 5 ming 718 uy suv ostida qoldi.

Mamlakatdagi suv toshqinlariga qarshi kurashish uchun 44 ming 156 nafar shaxsiy tarkib, jumladan, harbiylar safarbar qilindi.

“Toshqin boshlanganidan buyon 117 694 kishi qutqarildi va evakuatsiya qilindi, ulardan 40 833 nafari bolalar. Shuningdek, 113 852 bosh qishloq xo‘jaligi hayvonlari ham xavfsiz joyga ko‘chirib o‘tkazildi. Daryolar va suv havzalarida suv toshqini bilan bog‘liq vaziyat havodan ko‘zdan kechirilmoqda va dronlardan foydalangan holda kuzatilmoqda”, deyiladi bayonotda. 


Tanlangan kalimalar: #Qozog'iston

Aloqador xabarlar